SHackix: "Faoliyatimni yakunlamoqchi emasman"
25 iyu 2015 14:05
Yangiliklar
SHackix: "Faoliyatimni yakunlamoqchi emasman"
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi va "Goverla" hujumchisi Maksim SHackix faoliyatini yakunlamoqchi emas.
"Hali o'ynamoqchiman. Murabbiylik ishi? Bu kelajakda yuz berishi mumkin va shundagina bu haqda batafsil gaplashamiz. Hozir murabbiylik haqida gapirishga erta.
Ayni damda futbolchiman va faoliyatimni yakunlash niyatim yo'q. Murabbiy bo'lishga shoshilmayapman" - deydi SHackix.
SHackix Ukraina chempionati rekordchisi hisoblanadi. 36 yoshli futbolchining hisobida 124ta gol bor.
Fikrlar