SHackix: "Evropa ligasi finalida "Dinamo" va "Dnepr"ni ko'rishni istardim"
15 apr 2015 13:42
Yangiliklar


SHackix: "Evropa ligasi finalida "Dinamo" va "Dnepr"ni ko'rishni istardim"
O'zbekiston terma jamoasi Kievning "Dinamo"si sobiq hujumchisi, hozirda "Goverla"da to'p tepayotgan Maksim SHackix Ukraina klublarining Evropa ligasi chorak finalidagi uchrashuvlari haqida o'z fikrini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, "Dinamo" "Fiorentina" bilan, "Dnepr" esa "Bryugge" bilan o'ynaydi.
"Hozir Italiya klublariga qarshi to'p tepish qiyin. Qura natijasini bilganimdan so'ng, Ukraina klublariga qiyin bo'lishini aytganman. Italiyaliklar - har qanday jamoa uchun noqulay raqib. Ammo jamoa o'z o'yini ko'rsatishi kerak.
"Bryugge"ni "Fiorentina"ga solishtirsak, albatta italiyaliklar bir bosh ustun. "Bryugge" hozir 3-5 yil oldingidek emas. Kievliklarning keyingi bosqichga o'tish imkoniqyati 50/50. "Everton"ga qarshi o'yindan oldin, hech kim "Dinamo" 5ta gol urishini bilmagandi. Finalda "Dinamo" va "Drepr"ni ko'rishni istardim" - deydi SHackix.

Fikrlar