So’nggi yangiliklar

21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  8 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0 20:16ПСЖда 7-рақамнинг янги эгаси маълум!  0 19:59Гави: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси"  6 19:34Гари Невилл: "Гарначо ва Рэшфорд кетса, МЮ учун олдинга ташланган катта қадам бўлади"  8 19:10Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоасига хорижлик бош мураббийи тайинланди!  8 18:58Расман: Саҳоб Рашидов "Сўғдиёна"га қайтди!  1 18:37Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғинга киришди  0 18:14"Пахтакор" яна бир легионер билан шартнома имзолаганини расман эълон қилди!  23 17:3217 ёшли Месси Франция Кубогида дубль қайд этди  4 17:04"Барса" "Камп Ноу"даги 475 та VIP-ўринни 30 йилга 100 миллион евро эвазига сотди. Клуб Ла Лигани 31 декабрда огоҳлантирган  16 16:19Абдуқодир Ҳусановгача "Манчестер Сити"да кимлар 45-рақамда ўйнаган?  25 15:53Трент Александер-Арнольд "Реал"га ўтади  9

SHackix: "Bugun go'yo katta professor, akademiklardek maydonga tushdik" Yangiliklar

SHackix: "Bugun go'yo katta professor, akademiklardek maydonga tushdik"

Coca-Cola Superligasining 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


O'yin haqida

- Xayrli kech. Bugun ishtiyoq taraflama yutqazdik. Xuddi katta professor, akademiklardek maydonga tushdik. Qiyinchiliklarga moslashishga o'rganib qoldik. Gol o'tkazmagunimizcha yoki qandaydir mushkul holatga kelsak, o'yin namoyish etishni boshlaymiz. Dastlabki soniyalardanoq o'yinga kirishib keta olmaymiz, bunga nima sabab bo'lishini bilmayman. Bu birinchi bor sodir bo'layotgani yo'q. 

- Bugungi o'yinda jamoaga Banashak etishmadi deb o'ylaysizmi? 

- Balki shunday bo'lishi mumkin. Ehtimol, u tarkibda bo'lganida, o'yin o'zgarib ketgan bo'lardi. Sardor Rashidov hujumchi sifatida, uning ortida esa CHeran o'ynadi. Ammo gap bunda emas. Raqib 4 marta zarba berib, 3 ta gol urdi. Bizda vaziyatlar etarlicha bo'ldi, ammo gol ura olmadik. Muammo shunda. 

- O'tkazilgan golda darvozabonning aybi bormi?

- Mag'lubiyatga hamma aybdor. Vaziyatlarni qayta ko'rib chiqamiz. Hozir hech kimni ayblamoqchi emasman. Futbolchilarimiz biz istagan vazifalarni bajara olishmadi. Hozir hamma futbol o'ynashni biladi, shunchaki maydonga chiqib, g'alaba qozona olmaysiz. Barcha jamoalar himoyada ham, hujumda ham qanday o'ynashni yaxshi biladi. Biz hammasiga tayyor bo'lishimiz kerakligini yig'inlarda ham takidlab keldik. Buni har doim takidlab kelaman.

- Keyingi turda rotaciyaga qo'l urasizmi?

- Rotaciya qila olmaymiz. Bizga futbolchilar etishmayapti. 8 nafar o'yinchimiz terma jamoa ixtiyorida. Ular orasida asosiy tarkib futbolchilari ham bor. Muxlislar zaxiradan futbolchilar tushirimizni istayapti. Xo'p, zaxiradan kimni maydonga tushiramiz? Holat shunday, chunki "Paxtakor" terma jamoalar homiysi. U erda 6 nafar, bu erda 8 nafar o'yinchimiz bor. "Olimpik" futbolchilarining hammasi "Paxtakor" o'yinchilari. 60 kishini tashkil qiladigan qaydnoma topshira olmaymiz. Tushunyapsizmi?  Hechqisi yo'q, bu birinchi tur, xolos. Hali hammasi oldinda.

- U-20 termasida 8 nafar "Paxtakor" futbolchisi bor. SHuni hisobga olsak, O'zbekistonning Jahon chempionatiga yo'l olishi "Paxtakor" uchun foydalimi yoki zararmi? Agar JCHga chiqsa, mayga qadar terma yig'inlar tashkil qilishda davom etadi. Bu holatda "Paxtakor" zaxirasidan ayriladi...

- Albatta, terma jamoaga muxlislik qilamiz. Lekin yuragim futbolchilar shu erda (klubda) bo'lishlarini xohlayapti. Ular "Paxtakor"ga foyda keltirgan bo'lardi. Ammo termaga muxlislik qilamiz va ularning JCHga chiqishini xohlaymiz. Biz ularni qaydnomadan chiqarib, keyin yana qaytarish imkoniga ega emasmiz. Qaydnoma cheklangan. Bu borada qiyinchiliklar bor.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика