SHackix, Baqoev va Karpenko: "Bizni qo'llab turgan barchaga rahmat"
29 may 2014 21:41
Yangiliklar
SHackix, Baqoev va Karpenko: "Bizni qo'llab turgan barchaga rahmat"
O'zbekiston - Ummon (0:1) uchrashuvidan so'ng terma jamoadagi so'nggi o'yinlarini o'tkazgan uchta futbolchi ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Ulug'bek Baqoev: "Bugungi bayram uchun barchaga rahmat. O'ylaymanki bizning o'rnimizni yoshlar munosib bosa olishadi".
Maksim SHackix: "Bizni shuncha vaqt davomida qo'llab turganlarga rahmat aytaman. Bugungi tadbirni tashkil etganlarga rahmat. Terma jamoa bilan birga Jahon chempionatiga yo'llanma ololmaganim armonim bo'lib qoladi. Biz terma safidagi barcha o'yinlarda muxlislar uchun o'ynadik, barchaga rahmat".
Viktor Karpenko: "Ikkala sherigimning fikriga qo'shilaman. O'zbekistonda iqtidorli yoshlar o'sib kelishmoqda. Ularga yo'l berish vaqti kelgandi. Insoning yoshini aldab bo'lmaydi. Bizni qo'llab turganlarga minnatdorchilik bildiraman".
- Terma jamoadagi eng yorqin vaziyatni yodga olsangizlar?
Viktor Karpenko: "Menimcha termadagi har bir o'yinda maydonga tushish so'z bilan ifodalab bo'lmaydigan hayajonlik vaziyat bo'ladi. Minglab muxlislar seni stadiondan turib qo'llab turishadi".
Maksim SHackix: "Termadagi o'yinlarim orasida birdaniga BAAga qarshi o'yin yodimga tushaveradi (OK-2000 saralashi. 1999 yil 27 noyabr). Bundan tashqari Samarqandda kechgan Ozarboyjonga qarshi debyut o'yinim ham yodimda".
Ulug'bek Baqoev: "Osiyo kubogi-2011 chorak finalidagi Iordaniyaga qarshi bahs! Bundan tashqari "Ozodi" stadionida Eronga urgan golim"
- Oleg SHackix hozir nimalar bilan mashg'ul?
Maksim SHackix: Akam hozirda Moskvada yashamoqda. Firmada biznes bilan shug'ullanmoqda. O'zbek do'stlari bilan yig'ilib hamon futbol o'ynab turishibdi. Unga albatta salomingizni etkazib qo'yaman.

Fikrlar