So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  0 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  22 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

"SHabab Al Ahli" ustozi: "G'alabadan boshqa variantimiz qolmadi" Yangiliklar

"SHabab Al Ahli" ustozi: "G'alabadan boshqa variantimiz qolmadi"

Osiyo chempionlar ligasi "A" guruhi 4-tur doirasidagi "SHabab Al Ahli" - AGMK uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dubayliklar ustozi Mahdi Ali Hasan ishtirok etdi.

"Bizda g'alabadan boshqa variant yo'q. O'tgan o'yinda biz ustunligimizni hisobda aks ettira olmadik. Yuzaga kelgan 5 imkoniyatdan foydalana olmaslik pand berdi. Raqib esa o'yin yakuniga yaqin vaziyatlarini golga aylantirib, g'alaba qozonib ketdi. Biz asosiy tarkibdagi 5 nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmadik va o'yinda raqibga bazi kichik detallarda yutqazdik. Ertangi uchrashuvda ushbu kamchiliklar bartaraf etiladi. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatsak g'alabani taminlaymiz. Buyog'iga endi har bir o'yin jamoamiz uchun finalga teng. G'alaba bizning imkoniyatlarimizni oshiradi va hali hech narsa boy berilgani yo'q. Barcha etibor va diqqatimizni AGMK bilan bo'ladigan bahsga qaratganmiz. Igor toliqqani bois o'tgan o'yin zaxiradan maydonga tushirdik. CHunki u jamoamizga o'z ligasida to'liq o'ynab kelgandi va bizda ham dam olishsiz zich taqvimda o'ynadi. SHu bois uning jismoniy holatini yaxshilab olishi uchun imkoniyat berdik", deydi 56 yoshli mutaxassis.

Futbolchi Abdulla Naqbi: "Bizda mag'lubiyatga joy qolmagan. Ertangi revansh o'yiniga barcha tayyor. SHunchaki bizga jarohatlar pand berdi. Endi jamoamiz qolgan barcha o'yinda jang qiladi va faqat g'alaba ilinjida maydonga tushadi. Biz o'z darajamizni ko'rsatamiz va g'alabaga intilamiz. Buyog'iga muxlislarimizni baxtli qilish uchun kurashamiz".

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика