"Sevinch" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
17 jan 2017 11:29
Yangiliklar
"Sevinch" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
Mashg'ulotlar asosan “Geolog” arenasida bo'lib o'tmoqda. CHunki, jamoa har yilgidek, futbol mavsumini 22 yanvarda boshlanadigan, mini futbol (futzal) bo'yicha XIII O'zbekiston chempionatidagi ishtiroki bilan boshlaydi.
SHu kunlarda “Sevinch” jamoasining ko'plab futbolchilari Olmaliq shahrida terma jamoamiz safidagi yig'inda ishtirok etishmoqda. Ular 20 yanvardan klub safiga qo'shilishadi. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda.
“Sevinch” jamoasi tarkibida bu yil katta o'zgarishlar ro'y berishi mumkin. Bu haqda keyinroq to'liq malumot beramiz.
“Sevinch” jamoasi 22 yanvar kuni Toshkent shahriga tashrif buyuradi va mini futbol bo'yicha chempionat uchrashuvlarini boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, mini futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi XIII O'zbekiston chempionatining 1-turi 22-27 yanvar kunlari Toshkent shahridagi “Yoshlik” arenasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar