So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  1 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

“Sevinch” vodiydan olti ochko bilan qaytdi Yangiliklar

“Sevinch” vodiydan olti ochko bilan qaytdi

O'n ikki kara O'zbekiston chempioni – “Sevinch” jamoamiz XXIII O'zbekiston chempionatining 10 va 11-tur uchrashuvlarini safarda o'tkazdi.


“Neftchi W” va “Andijanka” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvlarda jamoamiz g'alaba qozondi va o'z hisobiga 6 ochko yozdirib qo'ydi.

20 iyun kuni Farg'onaning “Neftchi W” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda “Sevinch” ishonchli tarzda raqibini yirik hisobda mag'lub etdi. Bu uchrashuvda futbolchilarimiz farg'onaliklar darvozasini etti marta ishg'ol qilishdi.

Uchrashuvdagi gollarga  Nilufar Qudratova (3ta), SHaxzoda Jamolova (2ta), Maftuna SHoimova (1ta) va SHoira Qulturaevalar (1ta) muualliflik qilishdi.

Quyida hakamlar qaydnomasi bilan tanishing.

 

XXIII O'zbekiston chempionati, 10-tur

Neftchi W (Farg'ona) – Sevinch (Qarshi) 0:7 (0:2)

20.06.2017. Qirguli Neftchi SK stadioni. 17:30da

Bosh hakam:
Bahodir Ro'zimatov (Andijon)

Qanot hakamlari: Jafar Bobojonov (Toshkent), Akbarjon Soliev (Farg'ona)

Zaxira hakami: Rifat Odilov (Namangan)

Nazoratchi: Viloyat Najafaliev (Toshkent)

Gollar:  Nilufar Qudratova, 6′-1:0, 29′-2:0, 58′-4:0,  SHaxzoda Jamolova (pen.) 52′-3:0, 65′-5:0, Maftuna SHoimova, 69′-6:0, SHoira Qulturaeva, 90′-7:0.

Neftchi W: 98.Oygul Davlatova (22.Oydina Turdimatova 53), 4.Muxlisa Qosimova, 6.Fero'za Jo'raboeva (17.Hilola Obidjonova 80), 7.Nilufar Dadajonova, 8.Adiba Omonova, 9.SHoxida Ergasheva, 10.SHaxnoza Karimova. 11.Zarxumor Nematova, 16.Sitora Nishonova, 19.Gulsanam Yusupova (3.Zarnigor Mo'minova 75), 20.Muxlisa Otaqo'zieva (s).

Zaxira: 5.Sevara Ibragimova, 15.Muharram Abdullaeva, 21.Nigora Muydinova, 1.Madina Isroilova.

Sevinch: 16.Maftuna Jonimqulova (1.Laylo Tilavova 46), 7.Oliya Axmedova (19.SHoxida Tojiddinova 730, 8.Kamola Riskieva (s) (27.SHodiya Tosheva 66), 9.Maftuna SHoyimova, 10Ilvina Ablyakimova (14.Gulzoda Amirova 58), 11.SHaxzoda Jamolova (18.SHaxnoza SHakirova 67), 15.SHaxnoza Qurbonova, 17.Tanzilya Zarbieva, 20.Sevara Normurodova (3.SHoira Qulto'raeva 53), 37.Malika Burxanova (6.Fero'za Boboxo'jaeva 76), 77.Nilufar Qudratova.

Ogohlantirish: Muxlisa Otaqo'zieva 17 – Kamola Riskieva 2, SHaxzoda Jamolova 62.

23 iyun kuni bo'lib o'tgan “Andijanka” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda ham “Sevinch” o'z raqibini yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.


Uchrashuv taqdirini birinchi bo'limda hal qilgan jamoamiz futbolchilari, ikkinchi taymda ham o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishdi. Bu uchrashuvdagi ikkita golni Nilufar Qudratova va SHaxnoza Qurbonovalar kiritishgan bo'lishsa, bitta golni mezbon jamoa o'yinchisi Mohiraxon Jo'raboeva o'z darvozasiga kiritdi.

Quyida uchrashuv qaydnomasi bilan tanishing

XXIII O'zbekiston chempionati, 11-tur

Andijanka (Andijon) – Sevinch (Qarshi) 0:3

23.06.2017. Andijon sh. BO'FM stadioni. 17:30da

Bosh hakam
: Edita Mirobidova (Toshkent)

Qanot hakamlari: Qahramon Sobirov (Farg'ona vil.) Rifat Odilov (Namangan)

Zaxira hakami: Bahodir Ro'zimatov (Namangan)

Nazoratchi: Erkin Oripov (Farg'ona)

O'zAFA vakili: Alisher Fayziev.

Gollar: Nilufar Qudratova, 13′-0:1,  Mohiraxon Jo'raboeva (o'z darvozasiga), 17′-0:2, SHaxnoza Qurbanova, 34′-0:3.

Andijanka: 1.Dilorom To'lanova, 5.Ug'iloy Qo'chqorova, 6.Mohiraxon Jo'raboeva, 7.Gulirano Hasanova (19.Saodat To'xtasinova 13), 8.Ro'zixon Asqarova, 9.Maftuna Jo'raeva, 10.Rushaniya Safina (s), 11.Gulhayyo Mannaboeva, 12.Maxsumaxon Eminjonova, 17.Oygulxon Yoqubova, 20.Gulnora Davronova.

Zaxira: 4.Ug'iloy Rahmonalieva, 13.Mamuraxon Xo'jaeva, 14.Ziyodaxon Yangiboeva.

Sevinch: 16.Maftuna Jonimqulova, 7.Oliya Axmedova, 8.Kamola Riskieva (s) 9.Maftuna SHoyimova, 10Ilvina Ablyakimova (14.Gulzoda Amirova 56), (27.SHodiya Tosheva 71), 11.SHaxzoda Jamolova, 15.SHaxnoza Qurbonova, 17.Tanzilya Zarbieva, 20.Sevara Normurodova (3.SHoira Qulto'raeva 61), 37.Malika Burxanova (18.SHaxnoza SHakirova  75), 77.Nilufar Qudratova.

Zaxira: 1.Laylo Tilavova, 19.SHoxida Tojiddinova, 6.Fero'za Boboxo'jaeva.

Ogohlantirish: Maftuna SHoyimova 25.

SHunday qilib, vodiyda ikki uchrashuv o'tkazgan jamoamiz, safardan olti ochko bilan qaytdi.

SHu bilan “Sevinch” 24 ochko to'plagan holda, XXIII O'zbekiston chempionatining birinchi davra uchrashuvlarini yakunladi. Jamoamiz endi davralararo tanaffusga chiqadi.

“Sevinch”ning birinchi davra ishtirokiga oid statistik malumotlarni saytimiz orqali yaqin kunlarda elon qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика