So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  37 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

“Sevinch” jamoasi tarkibidagi o'zgarishlar haqida Yangiliklar

“Sevinch” jamoasi tarkibidagi o'zgarishlar haqida

O'n karra O'zbekiston chempioni to'qqiz karra O'zbekiston Kubogi sohibi bo'lgan Qarshining “Sevinch” jamoasi tarkibida bu yildan katta o'zgarishlar bo'ladi.

Jamoamizni bir qator tajribali va ko'p yillar jamoada to'p tepgan o'yinchilar tark etishmoqda. Tarkibmizda tanish ibora bilan aytganda, “avlodlar almashinuvi” ro'y beradigan ko'rinadi.

Demak, mohir hujumchimiz va jamoamiz to'purari Zebo Jo'raeva yangi mavsumdan faoliyatini G'uzorning “SHo'rtan Lady” jamoasida davom ettiradi. Darvozabonimiz Olga Kaxarova esa Toshkentning “Bunyodkor W” jamoasi sharafini himoya qiladi. Hujumchi Mahliyo Sarikova, yarim himoyachilarimiz Feruza Turdiboeva va Zumrat Nazarovalar Bekobodning “Metallurg W” jamoasi safiga borib qo'shilishdi.

Yana bir tajribali himoyachimiz Mahliyo Yusupova futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Klubimiz murabbiylar shtabi jamoani tark etgan o'yinchilar o'rnini bungacha Muborakning “Mashal W” jamoasida o'ynagan, aslida “Sevinch” klubi tarbiyalanuvchilari bo'lgan bir qator yosh futbolchi qizlar hisobiga to'ldirishga qaror qilishdi. Jumladan, himoyachi Feruza Boboxo'jaeva, hujumchilar Maftuna Panjieva, Sevara Normurodova, SHoira Qulto'raeva va SHaxnoza Qurbonovalardir. SHuni takidlash joizki, bu yosh futbolchi qizlarimiz Baxrom Norsafarov boshchiligidagi mamlakatimizning U-19 terma jamoasining ham o'yinchilari hisoblanishadi. Jamoamiz safiga bunday yosh futbolchilardan yana qo'shilishi kutilmoqda.

Hozirgi kunda jamoamiz safida yana bir o'yinchi ko'rikdan o'tmoqda, bu muqaddam Bekobodning “Metallurg W” jamoasi safida faoliyat yuritgan tajribali yarim himoyachi Nozima Ergashevadir. Agar bu futbolchi murabbiylarimizga maqul kelsa, yangi mavsumdan jamoamiz sharafini himoya qiladi.

“Sevinch” klubi oldiga bu yilgi mavsumda ham O'zbekiston ayollar futbolidagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan.

Vladislav Xan, Baxrom Norsafarov, Konstantin Smirnov va Olga Belovalardan iborat klubimiz murabbiylar shtabi ana shu vazifalarni bajarish uchun o'z ish rejalarini ishlab chiqishgan va bu rejalarni hayotga tadbiq etish uchun astoydil mehnat qilishmoqda.

“Sevinch” jamoamiz hozirgi kunda Qarshi shahridagi qarorgohida yangi futbol mavsumiga tayyorgarlik mashg'ulotlarini olib bormoqda. Jamoamiz 12-16 fevral kunlari Toshkentda bo'ladigan mini futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi XIII O'zbekiston chempionatining 2-turida ishtirok etadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика