"Sevinch": Bahrom Norsafarov OFK seminarida qatnashadi
25 sen 2015 12:48
Yangiliklar
"Sevinch": Bahrom Norsafarov OFK seminarida qatnashadi
Qashqadaryo vohasi va mamlakatimizning etakchi futbol mutaxasislaridan sanalgan Bahrom Norsafarov Osiyo Futbol Konfederaciyasi tomonidan 4-7 oktyabr kunlari tashkil etilayotgan “Eng yaxshi ayollar futboli murabbiylari” seminar-kengashida ishtirok etadi.
Bahrom Norsafarov ayni paytda mamlakatimizning U-16 o'smir qizlar terma jamoasining bosh murabbiyi sanaladi.
O'zbekiston Futbol Federaciyasi OFK seminariga yurtimizdan vakil sifatida Bahrom Norsafarovni yuborishga qaror qildi. Bunga albatta etarli sabablar bor. Ushbu mutaxasis qaerda faoliyat yuritmasin o'ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelmoqda. Bunga misol tariqasida Bahrom Norsafarov murabbiyligidagi U-16 o'smir qizlar terma jamoamizning Osiyo chempionati finali yo'llanmasini qo'lga kiritganligidir.
Xabaringiz bor, Bahrom Norsafarov boshchiligidagi U-16 o'smir qizlar terma jamoasi shu yili noyabr oyida Xitoyda bo'ladigan Osiyo chempionatining final bosqichida ishtirok ham etishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar