"Sevinch" “Andijanka” futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2017, 11:30
Qarshining “Sevinch” jamoasi davralar oralig'ida selekciya ishlarini ham muvaffaqiyatli olib bordi.

Bungacha Andijonning “Andijanka” jamoasida faoliyat yuritgan iqtidorli himoyachi Gulxayyo Mannoboeva endilikda “Sevinch” jamoamizda to'p tepadigan bo'ldi. Mannoboeva bilan klubimiz o'rtasida rasman shartnoma imzolandi.

Gulxayyo Mannoboeva o'zbek ayollar futbolidagi yosh va iqtidorli himoyachi hisoblanadi. Gulxayyo 2015 yildan beri O'zbekiston U-19 o'smir qizlar terma jamoasida ham to'p tepib keladi. U shu vaqt mobaynida terma jamoamiz yutuqlariga o'z hissasini qo'shishga ham ulgurdi.

Futbolchi haqida umumiy ma'lumotlar

Ismi sharifi
: Mannoboeva Gulxayyo Qudrat qizi

Tug'ilgan sanasi: 4 iyul 1998 yil (19 yosh)

Tug'ilgan joyi: Farg'ona shahri

Bo'yi: 168 sm

Og'irligi: 54 kg

Ampluasi: himoyachi

Raqami: 3

O'ynagan klublari:

2013 – 2017 yillar – “Andijanka” klubi, Andijon shahri

2017 yil, ikkinchi davradan “Sevinch” klubi futbolchisi

O'zbekiston U-19 o'smir qizlar terma jamoasi a'zosi. Bahrom Norsafarov bosh murabbiyligidagi ushbu terma jamoa safida 2015 yidan buyon to'p tepadi.

Gulxayyo Mannoboevaning jamoamiz safidagi faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

 

Suratda: Mannoboeva to'p bilan

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcsevinch.uz