"Sevilya"ning Superliga borasidagi rasmiy bayonoti: "Raqobatning mavjud emasligi bizning DNKmizga to'liq ziddir"
20 apr 2021 08:21
Yangiliklar
"Sevilya"ning Superliga borasidagi rasmiy bayonoti: "Raqobatning mavjud emasligi bizning DNKmizga to'liq ziddir"
"Sevilya" Evropa Superligasida qatnashishdan bosh tortdi.
"Sevilya" rahbariyati rasmiy tarzda faqatgina iqtisodga asoslangan turnirni to'laqonli rad etishini elon qiladi. Superliga qitaning turli xil futbol associaciyalarini birlashtirgan tashkilot bo'lmish UEFAning ishtirokisiz yaratilgan.
Bunday turnir sportning tarkibiy qismi va futbol tamoyillariga to'g'ri kelmaydi. Raqobatning mavjud emasligi bizning DNKmizga to'liq ziddir. Biz hech qachon taslim bo'lmaymiz va o'z oldimizga futbol maydonidagi eng ulkan maqsadlarni qo'yamiz", - deyiladi "Sevilya" xabarida.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Real" prezidenti Florentino Peres "Sevilya"ning Superligada qatnashishi mumkinligini aytgandi.
→ LIVE Evropa Superligasi. Musobaqa borasidagi barcha xabarlar bitta sahifada
Fikrlar