"Sevilya" yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi
10 iyu 2016 20:39
Yangiliklar
"Sevilya" yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi
"Gannover" Xiroshi Kiyotakening "Sevilya"ga o'tishi haqida elon qildi.
Malum bo'lishicha, tomonlar bu borada kelishuvga erishib bo'lganlar. Yaponiya terma jamoasi futbolchisi kelasi hafta tibbiy ko'rikdan o'tadi va ispan klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Kiyotake o'tgan mavsumda jamoasi safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar