"Sevilya" prezidenti: "Klub N'Zonzi borasida taklif olgani yo'q"
01 avg 2018 07:25
Yangiliklar
"Sevilya" prezidenti: "Klub N'Zonzi borasida taklif olgani yo'q"
"Sevilya" prezidenti Joze Kastro jamoa yarim himoyachisi Stiven N'Zonzining boshqa klubga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Oldinroq, 29 yoshli franciyalik xizmatlariga "Barselona" va "Arsenal" qiziqish bildirayotgani elon qilingan edi.
"Klub hozircha N'Zonzi borasida taklif olgani yo'q. U "Sevilya" futbolchisi va uni mavsumoldi yig'inlarda kutyapmiz" - deydi Kastro.
Eslatib o'tamiz, N'Zonzi Franciya terma jamoasi safida Rossiyadagi jahon chempionati g'olibiga aylandi.
Fikrlar