Monchi: "N'Zonzi Malkomdan kuchliroq"

Aslanov Jasurbek
17 avg 2018, 12:46
"Roma" sport direktori Ramon Monchi "Sevilya"dan xarid qilingan yarim himoyachi Stiven N'Zonzi transferi haqida gapirayotib, "Barselona"ga o'tib ketgan Malkom borasida fikr bildirdi.

"Malkomdan kuchliroq futbolchini sotib olishimiz haqida aytgan edim, ammo o'sha poziciya bo'lishi shart emas.

Jahon chempioni Malkomdan kuchliroq emasmi? Shaxsiy fikrim: N'Zonzi Malkomdan kuchliroq.

O'n kun oldin N'Zonzining transferi moliyaviy sabablarga ko'ra amalga oshishi mumkin emasdi, ammo uning agenti (otasi) tufayli, buni uddaladik. Hech narsa o'zgargani yo'q. Biz kuchli futbolchi bilan shartnoma tuzdik" - deydi Monchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com