So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  7 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

"Sevilya" - MYU. Saytimiz xodimlaridan o'yin natijasining tahliliy taxmini Yangiliklar

"Sevilya" - MYU. Saytimiz xodimlaridan o'yin natijasining tahliliy taxmini

Bugun Evropa Ligasining birinchi finalchisi nomiga aniqlik kiritiladi. Xodimlarimiz ushbu o'yin natijasini taxmin qilib ko'rishdi.

Omonjon To'xtamirzaev — Evropa Ligasida "Sevilya" o'zini qanchalar erkin his qilishi sir emas. Mana bu safar ham Lopetegi qo'l ostida jamoa ishonch bilan oldinga harakat qilmoqda.
"Sevilya" "Vuverxempton"dan avval "Roma"ga qarshi qanday ( g'alaba ham emas) o'ynagani shaxsan meni ijobiy manoda ajablantirdi. Ispanlar restardan keyin yaxshi formada bo'lgan rimliklarga umuman imkon qoldirishmadi. Inglizlarga qarshi o'yinda ham ustunlik to'liqligicha "Sevilya" tomonida edi va oxirgi daqiqalarda ular niyatlariga etishdi.
Menimcha hozir "Sevilya" "Manchester Yunayted"dan ham yaxshiroq sport formasida. MYUning o'yini Fernandesh kelgach, ancha o'zgardi, lekin og'ir taqvim tufaylimi yoki boshqa, stabillik hali yuqori darajada emasdek.
"Sevilya"da shuningdek zaxiradan tushib, o'yinni sezilarli ravishda kuchaytira oladigan yigitlar bor. "Qizil iblislar"dan doim ko'prog'ini kutishga Fergyuson davridan o'rganib qolganmiz, lekin mana bir necha yildirki jamoa avvalgi darajasiga chiqib olishi qiyin bo'lmoqda. Ispanlarda esa tarkib va o'yinndagi balans ko'pchilikning etiboriga tushib ulgurdi. Hujumdagi Okampos, Suso, En-Neseri ishonch bilan harakat qilib, muntazam ravishda gol urayotgani bilan birga himoyada Diego Karlos, Jyul Kunde, Serxio Regilon va hech qarimaydigan Xesus Navas qanday harakat qilayotgani ham taqsinga loyiq. 5 o'yindan buyon gol qo'yib yubormayotgan "Sevilya" himoya chizig'i vakillari hujumda ham faol bo'lishga ulgurmoqda.
MYU tajribaliroq deb hisoblansada, bugun ham o'yin borasida, ham hisobda "Sevilya"ning ustunligini kutyapman.

Abdulaziz Iskandarov Hozirgi "Sevilya" menga bir vaqtlar Unai Emeri boshqargan jamoani eslatmoqda. Xulen Lopetegi jamoaning uslubiga tusha oldi va shuning hisobiga muvaffaqiyatlar sari etaklamoqda. MYUdan esa nimadir kutsa bo'ladi, Sulsher o'tgan davr mobaynida MYUning avvalgi mavqeyini tiklashga harakat qildi va jamoa uzoq vaqtdan so'ng Angliya Premer Ligasida sovrindorlar qatoridan joy oldi. Lekin, Evropa Ligasi darajasi boshqa, saviya boshqa. "Sevilya"  bir necha mavsum oldin Joze Maurino boshchiligidagi MYUni mag'lub etgan edi, o'shanda Ben Yedder ajoyib o'yin namoyish qilgani esimda. Bu safar ham "Sevilya"ning imkoniyatlarini yuqori baholayman 2:1.

Mirjalol Normatov Bugun pragmatik va biroz zerikarli o'yin ko'rsak kerak. Hozircha aniq bir fikr bildirish qiyin. "Sevilya" Evropa ligasining "qiroli" hisoblanadi. SHunday bo'lsa ham "Manchester Yunayted"ning kichik hisobdagi g'alabasini taxmin qilyapman - 1:0 yoki 2:1.

SHerzod Nurmatov — Oxirgi o'yinlardan kelib chiqsak, MYU bugun g'alaba qozonishiga odam ishongisi kelmaydi. MYU muhim o'yinlarda o'zini ko'rsatadi, degan faktor ish bermasligi mumkin, chunki hozirgi "Sevilya" kuchli ko'rinmoqda. MYUda ko'p narsa Pogbaning markazni nazoratga olishi, zargarona pas uzatishlari va Fernandeshning mahoratiga bog'liqdek tuyulyapti.
"Sevilya"ning ustun jihati, himoya shunchaki "beton" himoya, muammo yo'q. Qo'shimchasiga Baneganing tajribasi va Okamposning ayni paytdagi sport formasi klubga katta ko'mak beradi.
Taxminimcha, yakunda ispanlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishadi.

Narzulla Saydullaev — Oldingi taxminlarimning juda ko'pi teskari chiqdi. SHu bois bugun "Manchester Yunayted"ning ishonchli g'alabasini taxmin qilaman - 2:0.

SHahboz Beg'amov — Tarkib bo'yicha MYU juda kuchli, "Sevilya" esa jamoaviy o'yinda ulardan ustunroq. Futbolda jamoaviy o'yin va uchrashuvga to'g'ri yondashuv muhim. "Sevilya" Evropa ligasida g'olib chiqish bo'yicha mutaxassis jamoaga aylangan. MYU uchun ham bu musobaqa jamoaning yangi davrida ulkan muvaffaqiyatga aylanib turibdi. Ob-havo begona emas.
Sulsher rotaciyaga no'noqroq, xalqaro maydonda hali “xom” murabbiy. Qura omadli kelib arang yarim finalga chiqdi, nazarimda. Etiborga molik jihat, MYU o'zaro uchrashuvlarda "Sevilya"ni mag'lub etmagan, bugungi raqibi esa bu ishni ECHLda alo tarzda uddalagan.
Kecha hamshaharlari "Siti" ham "Lion"ga qarshi to'qnashuvida o'zaro o'yinlari tarixini yangilolmagani singari, Manchesterning ikkinchi jamoasi ham buni uddalashiga ishonch kam.
Final afishasi uchun "Inter" — MYU bellashuvi Evropa ligasini bezardi, masalan. Lekin futbolda doim nomlar emas, ayni kunda kuchli jamoalar zafar quchadi. Munosiblar esa finishgacha keladi.
Hisobni taxmin qilmayman, yakuniy natija "Sevilya" foydasiga bo'lishi haqiqatga yaqinroq.

Faxriddin Ro'ziev — ayni paytda o'yindan boshqa barcha jabahalarda MYU "Sevilya"dan ustun hisoblanadi. Aslida, "qizil iblislar"da mavjud imkoniyatlarga ega jamoalarning Evropa Ligasida ishtirok etishi uyatdir. "Kopengagen"dan arang o'tib olgan ingliz klubi yo'lning oxiriga etib keldi, nazarimda. Andalusiyaliklar finalga munosibroq. Buni maydonda ham isbotlashlariga ishonaman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика