"Sevilya" ketma-ket ikkinchi bor Evropa ligasida g'olib bo'ldi
28 may 2015 01:43
Yangiliklar

"Sevilya" ketma-ket ikkinchi bor Evropa ligasida g'olib bo'ldi
Evropa ligasi final uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Evropa Ligasi - 2015.
Final.
Dnepr Ukraina – Sevilya Ispaniya 2:3
Milliy stadion
Gollar: Kalinich (7), Krixovyak (28), Bakka (31, 73), Rotan (44)
Dnepr – Boyko, Fedeckiy, Duglas, CHeberyachko, Kankava (SHaxov, 85), Leo Matos, Rotan, Fedorchuk (Bezuc, 68), Konoplyanka, Kalinich (Seleznyov, 77), Mateus.
Sevilya – Riko, Kolodzeychak, Karrisu, Mbia, Tremulinas, Banega (Iborra, 86), Vidal, Vitolo, Krixovyak, Reyes (Koke, 58), Bakka (Gameyro, 82).
Ogohlantirishlar: Kankava (17), Kalinich (45), Karrisu (62), Bezuc (69), Bakka (74), Rotan (75), Matos (83)
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
- Evropa ligasi finali "Dnepr" - "Sevilya" (2:3) uchrashuvidan olib borilgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha.
- UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Sevilya" Evropa ligasi g'olibi!
90` Koke hozir barcha masalani hal qiladigan golni urishi mumkin edi. Zarbaga aniqlik etishmadi.
90` "Dnepr"ning uzoq o'ylagan hujumi xavfli chiqdi. Biroq Riko zarbani bartaraf etishga erishdi.
90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
87` O'yinda to'xtalish yuzaga keldi. Mateus xushini yo'qotdi va maydonga yiqildi. Mateusni maydondan olib chiqib ketishdi. Unga sog'lik tilaymiz. Tezroq uni sog'ayib ketishiga tilakdoshmiz.
86` O'zgarish. "Sevilya". Banega o'rniga Iborra tushdi.
85` O'zgarish. "Dnepr". Kankava o'rniga SHaxov maydonga tushdi.
83` Ogohlantirish. Matos raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun sariq kartochka oldi.
82` O'zgarish. "Sevilya". Uchrashuv qahramoni bo'lishiga sanoqli daqiqalar qolgan Karlos Bakka o'rniga Gameyro tushdi.
81` "Dnepr" ham oldinga o'tmoqda. Konoplyankaning to'p oshirishidan so'ng Mateus boshi bilan zarba berdi. Noaniq.
79` XAVFLI VAZIYAT! BAKKA! BOYKO!!! QANI GOL? BOYKOga tasanno!!!! Bakka uchrashuvdagi o'z xet-trigini nishonlashi mumkin edi. Boykoning mahorati evazigagina bu ruy bermay qoldi.
77` O'zgarish. "Dnepr". Kalinich o'rniga Seleznyov maydonga chiqdi.
76` Bakka finalda dubl qayd etdi. "Sevilya" ketma-ket ikkinchi bor Evropa ligasini yutishga yaqin turibdi.
75` Bakka golni keragidan ortiqroq nishonlayvorgani uchun sariq kartochka bilan siylandi. Keyingi vaziyatda esa Rotan o'yin qoidasini buzdi va ogohlantirildi.
73` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BAKKA! Vitoloning pasidan so'ng to'p himoyachiga tegib Bakkaga keldi. Bakka esa bunaqangi vaziyatlardan qanday foydalanishni biladi, 2:3!
70` Hozirgina maydonga tushgan Bezuc ogohlantirildi.
69` O'zgarish. "Dnepr". Fedorchuk o'rniga Bezuc tushdi.
68` BOYKO!!!!!!!!!!! AJOYIB "SEYV"! "Sevilya"ning hujumi juda xavfli tus oldi. Boyko va himoyachilarning ishonchli o'yini "Dnepr" joniga oro kirdi.
66` "Sevilya" burchak zarbasi ishlab oldi.
64` Mbianing boshi bilan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi, biroq noaniq. Jamoalar navbatma-navbat hujumga o'tishmoqda.
63` "Dnepr" jarima zarbasidan bu safar unumli foydalana olmadi.
62` Karrisu o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi.
60` "Sevilya"ning o'ng qanotdan tashkil etgan hujumini himoyachi to'xtatib qoldi. Burchak zarbasidan so'ng havodagi kurashda ham himoyachilar yaxshi harakat qilishdi va xavfni bartaraf etishdi.
58` O'zgarish. "Sevilya". Reyes o'rniga Koke maydonga tushirildi.
56` To'p nazorati "Sevilya" jamoasi qo'lida.
53` Konoplyankaning urinishi besamar ketdi.
52` Mateusning uzoqdan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi.
50` Mbia raqib bilan to'p uchun kurashda to'qnashib ketdi. Hammasi joyida, futbolchi o'yinni davom ettira oladi.
49` Vitaliy Denisov o'zining tvitterdagi sahifasi orqali ikkinchi bo'limni yanada qiziqarliroq bo'lishiga ishonayotganini aytib o'tdi.
48` Karlos Bakka o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
47` "Dnepr" ikkinchi taymni faollik bilan boshlamoqda.
- Ikkinchi bo'lim boshlandi!
- BIRINCHI BO'LIM TUGADI! TANAFFUS!
45` Kalinich qo'pol harakati uchun ogohlantirildi.
45` Ajoyi final! Dahshat final! Gollarga boy bo'layotgan spektakl!
44` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ROTAN!!!!!! AJOYIB GOL! CHIROYLI GOL! ROTAN! "Dnepr" hali kurashni tugatgani yo'q. Bu haqida Rotan ogohlantirmoqda. Jarima zarbasini Rotan juda qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi va hisobni tenglashtirdi. Tanaffusgacha "Sevilya" ikki to'p farqi bilan chiqib ketishi mumkin edi. Biroq ular vaziyatdan foydalana olmaganlaridan so'ng, "Dnepr" keyingi vaziyatdayoq gol urdi. "Sen urmasang, senga urishadi" maqoli amalda isbotlandi.
42` Xavfli vaziyat! "Sevilya" qarshi hujumda raqibini ushlamoqchi bo'ldi. Aleks Vidalning kuchli zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi. Aks holda tanaffusga "Sevilya" ikki to'p farqi bilan chiqib ketishi mumkin edi.
41` "Dnepr"da gol urish uchun vaziyat yuzaga keldi. Mateusning urinishini Riko bartaraf etdi.
39` Kiritilgan gollardan so'ng "Sevilya" endi himoyani o'ylagan holda o'ynamoqda.
36` Yana bir standart vaziyati. Konoplyanka to'pni o'ziga qabul qilib oldi va to'pni zarb bilan darvozaga tepdi. Raqib darvozaboni bu vaziyatda o'zini ko'rsatdi.
35` "Dnepr" jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi.
32` "Sevilya" ketma-ket hujumlaridan so'ng tezda ikkita gol kiritishni uddasidan chiqdi. Buyog'iga "Dnepr" oldinga borishga majbur.
31` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BAKKA! Xosu Antonio Reyesning to'p uzatishidan so'ng Bakka darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
28` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KRIXOVYAK! Burchak zarbasidan so'ng Krixovyak hisobni tenglashtiruvchi golni kiritdi, 1:1!
26` "Sevilya" raqibga bosim uyushtirishda davom etmoqda.
24` Xavfli vaziyat!!!!!!! Krixovyak!!!!!!! Boykodan ajoyib "seyv"! Krixovyak boshi bilan juda kuchli zarba yo'lladi. Boyko o'z o'rinda.
22` O'yin tempi biroz pasaydi.
20` Reyes jarima maydonchasi atrofidan darvozaga kuchli zarba yo'lladi. Birozgina noaniq.
18` "Sevilya" ukrainaliklar himoyasini yorib o'tishga muammolarga duch kelmoqda.
17` Kankava qo'pol harakati uchun sariq kartochka bilan siylandi.
14` "Dnepr" o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtira oldi. Endi hujum qilish navbati "Dnepr"ga keldi.
13` Burchak to'pidan so'ng Vidal raqib darvozasini "o'qqa" tutmoqchi bo'ldi. Biroq uning yo'llagan zarbasi yo'liga himoyachi tug'anoq bo'ldi.
12` O'tkazib yuborilgan goldan so'ng "Sevilya" bosimni yanada kuchaytirdi. "Dnepr" hozircha ancha ishonchli himoyalanmoqda.
10` O'z vaqtida "Dnepr" sharafini himoya qilgan hamyurtimiz Vitaliy Denisov sobiq jamoasini golidan juda xursand. Buni u o'zining tvitterdagi sahifasi orqali oshkor qilmoqda. Albatta u bugun "Dnepr"ga ishqiboz.
9` "Sevilya" o'yinni hujumkorlik bilan boshlagandi, "Dnepr" esa o'zining dastlabki hujumidan samarali tarzda foydalana oldi.
7` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KALINICH! Ajoyib hujum va gol! Mateusning qanotdan oshirib bergan to'pini Kalinich boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi, 1:0! Final qizg'in davom etadigan ko'rinadi. Hali oldinda esa vaqt ko'p.
6` "Dnepr" jarima maydonchasi ichida Reyes yiqildi. Lekin referi bu vaziyatga etibor qaratmadi. Penalti yo'q edi.
5` Hozircha o'yin tempi u qadar yuqori emas. Jamoalar hujumkorlikni oshirish harakatidalar. "Sevilya" raqibiga bosim uyushtirishga urinib ko'rmoqda.
3` Fedorchukka qarshi maydon markazi oldida o'yin qoidasi buzildi.
2` Uhhhhh! "Sevilya" o'yinni hujumkorlik bilan boshlamoqda. Karlos Bakkada yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Jarima maydonchasi atrofida to'pni o'ziga bo'ysundirgan Bakka tezda darvoza tomon zarba yo'lladi. Noaniq.
- O'YIN BOSHLANDI! Qani boshladik...
- Uchrashuvni "Sevilya" futbolchilari boshlab berishadi.
- Evropa ligasi madhiyasi jaranglamoqda.
- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Evropa ligasi final bellashuvi bo'lib o'tadi. "Dnepr" - "Sevilya" uchrashuvidan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini amalga oshiramiz.
- Uchrashuv soat 23:45da boshlanadi.

Fikrlar