"Sevilya" futbolchisida koronavirus aniqlandi
16 okt 2020 12:47
Yangiliklar


"Sevilya" futbolchisida koronavirus aniqlandi
"Sevilya" markaziy himoyachi Jyul Kundening koronavirusga chalinganini elon qildi.
Bunday tashxis unga Franciya yoshlar terma jamoasidan qaytganidan so'ng qo'yildi. U jamoa tarkibida Evro-2021'ning ikki saralash o'yinlarida ishtirok etdi.
"Kasallik Kundeda simptomlarsiz kechmoqda, u izolyaciya qilingan va Jyul uyida", - deyiladi ispan klubi xabarida.
Oldinroq, "Manchester Yunayted" Kundega qiziqayotgani va "Sevilya" futbolchini 65-70 million evroga baholayotgani malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar