"Sevilya" futbolchisida koronavirus aniqlandi

Alisher
16 okt 2020, 12:47
"Sevilya" markaziy himoyachi Jyul Kundening koronavirusga chalinganini e'lon qildi.

Bunday tashxis unga Fransiya yoshlar terma jamoasidan qaytganidan so'ng qo'yildi. U jamoa tarkibida Evro-2021'ning ikki saralash o'yinlarida ishtirok etdi.

"Kasallik Kundeda simptomlarsiz kechmoqda, u izolyaciya qilingan va Jyul uyida", - deyiladi ispan klubi xabarida.

Oldinroq, "Manchester Yunayted" Kundega qiziqayotgani va "Sevilya" futbolchini 65-70 million evroga baholayotgani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sevillafc.es