"Sevilya" direktori Kruz: "Kunde biz bilan baxtli, ammo u yana ham raqobatbardoshroq jamoada o'ynamoqchi"
11 iyu 2022 16:28
Yangiliklar
"Sevilya" direktori Kruz: "Kunde biz bilan baxtli, ammo u yana ham raqobatbardoshroq jamoada o'ynamoqchi"
"Sevilya" bosh direktori Xose Mariya Kruz himoyachi Jyul Kundening ushbu yozda jamoadan ketish xohishini tushuntirdi.
"Kunde biz bilan baxtli va gap pulda ham emas. U shunchaki raqobatbardoshroq jamoada o'ynamoqchi. Biz uni ertaroq sotishimiz mumkin edi, ammo bir yildan so'ng u qimmatlashadi deb o'yladik", – deydi "Sevilya" direktori.
Kunde uchun bosh davogar "CHelsi" hisoblanadi, London klubi uni o'tgan yozdan beri o'z safiga qo'shib olishni xohlaydi.
Bitim 65 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikrlar