"Sevilya" "Atalanta" bilan Gomesning transferi borasida kelishuvga erishdi, futbolchi bugun Ispaniyaga yo'l oladi
26 jan 2021 07:02
Yangiliklar


"Sevilya" "Atalanta" bilan Gomesning transferi borasida kelishuvga erishdi, futbolchi bugun Ispaniyaga yo'l oladi
"Atalanta" hujummchisi Alexandro Gomes faoliyatini "Sevilya"da davom ettiradi.
Tomonlar kelishuvga erishishgan, "Sevilya" o'yinchini ijaraga olmaydi, balki u bilan to'laqonli shartnoma imzolaydi. Qayd etish kerakki, argentinalik futbolchi bugun, 26 yanvar kuni Ispaniyaga uchib ketadi.
32 yoshli Gomes joriy mavsum "Atalanta" tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi. Alexandroning klubdan ketishiga Bergamo klubi bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini bilan kelishmovchiligi sabab bo'ldi.
"Sevilya" La Ligada 19 turdan so'ng jadvalda 4-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar