Seten nega "Barselona" bilan sudlashishga qaror qilganini tushuntirdi
01 dek 2020 11:11
Yangiliklar


Seten nega "Barselona" bilan sudlashishga qaror qilganini tushuntirdi
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Kike Seten nega "ko'k-anorranglilar" bilan sudlashishini aytdi.
"Barselona" menga muddatidan oldingi istefo uchun tovon puli to'lamadi, men umuman hech narsa olmadim. Rahbariyat hatto istefoga chiqarganini bildirish uchun men bilan bog'lanmadi ham", - deydi Seten.
Oldinroq Setenning advokati "Barselona"dan kompensaciya sifatida 4 million evro talab qilayotgani malum bo'lgan edi.
Kike kataloniyaliklarga 2020 yilning boshida bosh murabbiy etib tayinlangandi. Klub matbuot xizmati qoniqarsiz natijalardan so'ng 17 avgustda Setenning istefosini elon qilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar