Sesk Fabregas APL jamoasining bosh murabbiyi bo'lishi mumkin
25 apr 16:30
Yangiliklar


Sesk Fabregas APL jamoasining bosh murabbiyi bo'lishi mumkin
"Lids Yunayted" Daniel Farke o'rniga Sesk Fabregasni bosh murabbiy etib tayinlashni ko'rib chiqmoqda.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda Grem Beyli yozdi.
Farke klubning Premer-ligaga qaytishini taminladi, ammo "Lids" egalari "49ers Enterprises" mavsum boshlanishidan oldin boshqaruvchi o'zgarishi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Farke bungacha "Norvich Siti"ni ikki marta Premer-ligaga olib chiqqan, ammo yuqori ligada saqlab qola olmagan.
Fabregas "Komo"dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so'ng "Lids" etiborini tortdi.
Klub xo'jayinlari "Lids"ni Premer-ligada uzoq muddatga qolishi uchun eng yaxshi holatda bo'lishini taminlamoqchi.
Qizig'i shundaki, Fabregas "Leypcig" bosh murabbiyligiga ham nomzod sifatida ko'rilmoqda va uning kelajagi intrigaga sabab bo'lmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar