Serxio Ramos PSJga transferi haqida gapirdi
08 iyu 2021 14:57
Yangiliklar
Serxio Ramos PSJga transferi haqida gapirdi
PSJ himoyachisi Serxio Ramos Parij klubiga o'tgani haqida gapirdi.
"PSJning bir qismi bo'lishdan mamnunman. Hayotim tubdan o'zgardi, men yangi chaqiriqni qabul qilib oldim. Bu juda katta loyiha. PSJ tarkibida ajoyib futbolchilar harakat qilishmoqda.
Ushbu klub bilan o'samiz. Jamoaga sovrinlar yutishda yordam bermoqchiman", - deydi ispaniyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Ramosning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar