So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Afsonaviy himoyachi unga qilingan munosabatdan norozi Yangiliklar

Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Afsonaviy himoyachi unga qilingan munosabatdan norozi

Afsonaviy himoyachi terma jamoa bilan qo'lga kiritish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni yutgandi.

PSJ klubi himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini tugatganini rasman malum qildi. Ramos bu qarorga terma jamoaning yangi murabbiyi Luis de la Fuente bilan suhbatdan so'ng kelgan. 

Quyida Ispaniya terma jamoasi afsonasi Serxio Ramosning xayrlashuv so'zlarini etiboringizga taqdim etamiz. Ushbu xayrlashuv xatida Serxio Ramos o'ziga nisbatan adolatsizlik qilingani haqida yozgan. 

"Vaqti keldi. Ispaniya terma jamoasiga xayr deyish fursati etdi. Qizil furiyaga. Bugun tongda Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bilan qo'ng'iroqlashdim. Murabbiy men klubda qanday o'yin ko'rsatishimdan qatiy nazar uning rejalariga kirmasligimni bildirdi. 

Qanchalik og'ir bo'lmasin, bu men uzoqroq davom etishini istagan va chiroyliroq yakunlanishi kerak deb bilgan yo'lning oxiri. Men chin dildan terma jamoadagi faoliyatim aynan o'z xohishim bilan yoki darajam terma jamoaga tortmay qolgandagina yakunlanishi kerak edi deb hisoblayman. Bu narsa menga to'g'ridan-to'g'ri aytilmagan bo'lsa ham, sezganimdek,  mening yoshim yoki boshqa sabab bilan bo'lmasligi kerak edi. Sababi yosh bu kamchilik hisoblanmaydi. Yosh bu shunchaki raqam va u natijalarga yoki qanday o'yin ko'rsatishga doim ham tasir qilmaydi. Men Modrich, Messi va Pepe kabi o'yinchilarga havas qilaman. Ular futboldagi adolat, ananalar va qadr-qimmat tushunchalariga yorqin misollar. Afsuski, menda bunday bo'lmadi. Sababi, futbol doim ham adolatli emas va futbol hech qachon shunchki o'yin bo'lib qolmaydi. 

Nima bo'lsa ham, bu narsani qabul qilishim va sizlar bilan bo'lishishim lozim. Muxlislarning shuncha yil davomida meni qo'llaganliklari uchun minnatdorchilik bildirgan holda, boshimni tik tutib bu narsani qabul qilaman. Menda unutilmas xotiralar qoldi. Barcha sovrinlarni qo'lga kiritdim. Bu sovrinlarni birgalikda nishonladik. Men eng ko'p sovrinlarga ega ispaniyalik sifatida g'urur hisini tuymoqdaman. Bu belgi, libos va siz muxlislar meni baxtli qildingiz. Men o'z terma jamoamni shu jamoa sharafini 180 marta himoya qilgan omadli inson sifatida qo'llab-quvvatlashda davom etaman. Menga ishongan barchaga yuragimning tubidan rahmat deb qolaman!", -deb yozadi Serxio Ramos.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика