Serxio Ramos: "Ikkita yaqqol penalti bo'lgandi"
19 dek 2019 10:20
Yangiliklar
Serxio Ramos: "Ikkita yaqqol penalti bo'lgandi"
"Real" sardori Serxio Ramos kecha La Liganing 10-tur doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Ikkita yaqqol penalti bo'lganiga aminman. Biz tanaffusda takroriy vaziyatni ko'rdik va hammasi aniq bo'ldi. Biz buni o'zgartira olmaymiz.
VAR bor edi, shuning uchun bu narsani tushunmayapman. Umid qilamanki, keyingi o'yinlarda buning echimini topishadi. O'yinga keladigan bo'lsak, biz yomon ko'rinmadik. Yangi yilda ham huddi shunday ruhda harakat qilamiz degan umiddaman, - deydi Ramos.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yin 0:0 hisobida yakunlandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Fikrlar