Serxio Aguero "Barselona"ni sudga berdi
08 okt 2024 21:29
Yangiliklar
"Barselona" klubi sobiq hujumchisi Serxio Aguero klub unga 3 mln evro to'lashi kerak deb hisoblamoqda.
Aguero 2021 yil "Man Siti" bilan shartnomasi tugallangach, "Barselona"ga o'tadi va katalonlar bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. "Barselona" tarkibida hammasi bo'lib 5 ta o'yin o'tkazgan futbolchi yuragidagi muammo sabab futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.
Serxio Aguero o'shanda klub unga birinchi mavsum uchun maoshlarni to'lashi kerakligini malum qilgandi. Hujumchi shartnomadagi ikkinchi mavsum uchun hech narsa so'ramasligi, unga faqat birinchi mavsum uchun 3 mln evro to'lanishi kerakligini qo'shimcha qilgan.
"Barselona" o'shanda futbolchining talabiga rozi bo'lgandi, biroq bu summani sug'urta kompaniyasi orqali futbolchiga to'lab bermoqchi edi. Biroq, sug'urta kompaniyasi bu to'lovni amalga oshirishni rad etdi. Kompaniya sabab qilib Aguero yuragidagi muammoni "Barsa"ga kelmasdan turib orttirganini ko'rsatgan. SHu tariqa tomonlar kelisha olishmadi.
"Barselona" 3 mln evroni to'lamagandan so'ng Serxio Aguero klubni sudga berdi. Futbolchining o'zi sudga qadar kelishib olishga qarshi emas. Hozirda sud jarayonlari boshlanganicha yo'q, sobiq futbolchi ushbu nizoni ortiqcha shov-shuvlarsiz hal qilishdan umidvor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar