Server Jeparov: "Muxlislarga alohida rahmat"
10 jan 2015 15:51
Yangiliklar

Server Jeparov: "Muxlislarga alohida rahmat"
O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov avstraliyalik jurnalistlarga intervyu berdi.
Osiyo Kubogining 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - KXDR uchrashuvi yakuniga etgach, mikst-zona jurnalistlar bilan to'ldi. Mag'lubiyatga uchragani uchunmi yoki ingliz tilini bilishmagani boismi, shimoliy koreyalik futbolchilarning hech biri intervyu berishni xohlamadi. Biznikilardan esa fikr olish qiyin kechmadi. Avstraliyalik jurnalistlar termamiz sardori Server Jeparov chiqishi bilanoq uni o'rab olishdi. Biz esa ularga tarjimon vazifasini o'tab berdik.
- G'alaba qozonganimiz bilan o'yin oson kechdi deb aytolmayman. Biz uchun muhimi, birinchi bo'lib to'p kiritish edi va buni uddaladik. Agar oxirgi daqiqada gol o'tkazib yuborganimizda juda alam qilgan bo'lardi. Xayriyat, ularning zarbasi golga aylanmadi.
- O'zbekiston termasi ushbu musobaqada o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?
- Eng asosiy maqsadimiz - turnirda g'olib chiqish. Buning uchun bor kuch bilan harakat qilamiz.
- Agar O'zbekiston guruhdan chiqsa Avstraliyaga tushishi mumkin. Malumki, Qatardagi turnirda Avstraliya O'zbekistonni 6:0 hisobida mag'lub etgandi.
- Nima demoqchi ekanligingizni tushundim. O'sha o'yin bo'lib o'tganiga ancha bo'ldi va endi uni unutish kerak. Agar Avstraliya bilan yana bir bor kurashadigan bo'lsak, bu safar boshqacha o'yin ko'rsatamiz va o'sha mag'lubiyat alamini olishga harakat qilamiz.
- Bugun o'zbekistonlik muxlislar sizlarni ajoyib tarzda qo'llab turishdi.
- O'zim ham shu haqda gapirmoqchi bo'lib turgandim. CHindan ham ishqibozlarning qo'llashi bizga yaxshigina madad berdi. Men ularga alohida rahmat aytmoqchiman. Muxlislar olqishlab tursa, bosqichma-bosqich yuqoriga ko'tarila olamiz.
X.Xoliqov.
Sidney shahridan

Fikrlar