So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Server Jeparov faoliyatidagi 7 klub FOTOGALEREYA Yangiliklar

Server Jeparov faoliyatidagi 7 klub FOTOGALEREYA

Yanvar oyi so'nggida O'zbekiston terma jamoasining uzoq yillik sardori Server Jeparov Janubiy Koreyaning “Ulsan Xyunday” klubiga ko'chib o'tdi.
Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi uchun bu professional faoliyatidagi ettinchi klubga aylandi.

Biz o'quvchilarimizga Jeparovning barcha klublarini eslatib o'tamiz.

1982 yilda tug'ilgan Serverning proffesional faoliyati Namanganning “Navbahor” klubida boshlangan. 2000-2001 yillarda futbolchi 46 o'yinda raqib darvozasiga 7ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Afsuski futbolchining "lochinlar" safida tushgan rasmlarini topa olmadik. SHunday ishonishga to'g'ri keladi.



2002 yil boshida qahramonimiz Toshkentning “Paxtakor” klubiga ko'chib o'tgandi. Takidlash lozimki, “sherlar” safida Jeparov juda ko'plab sovrinlarga ega chiqqan. 2002-2007 yillarda ketma-ket olti marta O'zbekiston chempioni va O'zbekiston kubogi sohibi bo'lgan Jeparov ikki bor Osiyo CHempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borgan. 2007 yilda MDH kubogida g'olib chiqqan.



“Paxtakor” safida 6 yillik faoliyatdan so'ng Jeparov Toshkentning boshqa bir klubi “Bunyodkor”ga o'tdi. Yarim himoyachi “qaldirg'ochlar” tarkibida ham O'zbekiston chempioni (2 marta) va O'zbekiston kubogi (1 marta) sohibi bo'ldi. Ilk mavsumdayoq yarim himoyachi 19ta gol bilan oliy liga to'purariga aylandi.



2008 yil Jeparov o'z faoliyatidagi eng katta sovrinlardan birini qo'lga kiritdi. Uni Osiyo qitasining eng yaxshi futbolchisi deb topishdi. O'sha yil Server “Bunyodkor” bilan birga OFK CHempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borgandi.  



2010 yilning iyul oyida “Bunyodkor” Jeparovni Janubiy Koreyaning “Seul” klubiga ijaraga bergan. O'sha yil oxiriga qadar yarim himoyachimiz K-Ligada 16ta o'yin o'tkazgan, “Seul” esa 10 yillik tanaffusdan so'ng mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.



2011 yil fevralida Janubiy Koreya klubi Jeparovni to'liq sotib olganini elon qildi va 3 yillik shartnoma tuzdi. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra uning transferi koreys klubiga 850000 AQSH dollariga tushgan.



Biroq futbolchimiz Koreyada 3 yil qolgani yo'q. Sababi o'sha yilning yozida Saudiya Arabistonining “Al SHabab” klubi Jeparovni o'z safiga qo'shib oldi. 2011 yilning 9 iyulida o'zbekistonlik yarim himoyachi arab klubiga ko'chib o'tgani elon qilindi. “SHabab” Server uchun “Seul”ga 2700000 AQSH dollari to'lagani xabar qilingandi.



Jeparov dastlabki mavsumda “Al SHabab” safida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Jamoa Saudiya Arabistoni chempioni bo'ldi. Yil so'nggida esa qahramonimizning o'zi Osiyoda ikkinchi bor tengsiz bo'lgandi. Ikkinchi mavsumda murabbiy hamyurtimizga ishonch bildirmadi. SHu sababli u faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga majbur bo'ldi.



2013 yilning fevralida O'zbekiston terma jamoasi sardori Janubiy Koreyaning “Seongnam Ilva CHunma” klubi azosiga aylandi. Bu klub safida Jeparov Koreya Futbol Associaciyasi kubogida zafar quchdi.



Jeparov "Seongnam" safida navbatdagi golidan so'ng "firmenniy" saltosini amalga oshirmoqda


2015 yilgi Osiyo Kubogidan so'ng o'zbekistonlik futbolchi “Ulsan Xyunday” klubi bilan shartnoma tuzdi.



Jeparov o'zi o'ynagan barcha klublarda sovrinlarga ega chiqqan. Biz Serverga “Ulsan” safida ham shunday natijaga erishishini tilab qolamiz.

Terma jamoa tarkibida esa mana shunday harakatlarni yanada ko'proq amalga oshirishini tilaymiz.





Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика