So’nggi yangiliklar

23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  0 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4

Server Jeparov: "Zulmatni engib o'tib, yorug'lik sari etamiz" Yangiliklar

Server Jeparov: "Zulmatni engib o'tib, yorug'lik sari etamiz"

Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Server Jeparov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




O'yin haqida

"Ilk navbatda "Neftchi" klubini g'alaba bilan tabriklayman. O'ylashimcha, ular g'alabaga munosib edi. Dastlabki 30 daqiqa davomida biz yaxshi o'yin namoyish etdik, to'pga egalik qilishda qoniqarli harakat qildik. Yigitlar ham murabbiylar shtabining ko'rsatmalarini bajarishdi. Undan keyin esa nima sodir bo'lganini bilmayman. Ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik. Klub bu davr mobaynida qandaydir baxtsizlikka yo'liqdi va ko'ngilsiz vaziyatlar ichida qoldi. Buning boshlanishiga o'zingizga malum, Kaxa (Maxaradze) bilan bog'liq vaziyat ham mansub. Menimcha, qizil kartochka olishimiz bemanilikday tuyuldi. O'sha vaziyatda to'pni shunchaki tepib yuborish mumkin edi, lekin bizning futbolchi to'pni o'ziga bo'ysindirishga harakat qildi, keyin esa to'pni oldirib qo'ydi. O'ylashimcha, bu ko'ngilsiz xodisa. Buni qanday tushuntirishni ham bilmayman, lekin ketma-ket ko'ngilsiz xodisalar sodir bo'lmoqda. SHu bois, bu jihatdan yigitlarga shikoyatim yo'q. O'lar 100% o'z imkoniyatlarini ishga soldi. Hatto qizil kartochka olib, bir kishi kam bo'lib qolganimizda ham kiyinish xonasida ularning g'alabani xohlayotgani, bu chuqurlikdan chiqib ketishni istayotgani ko'rinib turgandi. SHu bois, biz o'n kishi bo'lib ham yaxshi harakat qila oldik deb o'ylayman. Avvaliga biz yaxshi o'ynayotgandik, keyinchalik biz o'z kuchimizni saqlab qola olmadik. Bizni qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Lekin biz qo'ldan kelgancha olg'a borishda davom etamiz. Men bosh murabbiy sifatida taslim bo'mayman. Turli vaziyatlarga duch kelamiz, lekin hech kim taslim bo'lishni istamaydi. Biz oldinga qarab intilamiz va barchasini isbotlaymiz. Biz zulmatni engib o'tib, yorug'likning boshlanishiga etamiz. Umid qilamanki, mening bunga kuchim etadi", dedi "Lokomotiv" ustozi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика