So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Server Jeparov qanday qilib mamlakat qahramoni bo'lmoqchi? Yangiliklar

Server Jeparov qanday qilib mamlakat qahramoni bo'lmoqchi?

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov Eronga qarshi o'yin oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi. Suhbat chog'ida Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi JCHga chiqish istagi bor ekanini yashirmadi.

“Barchasi juda oddiy – biz saralash bosqichidagi qolgan uch o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak, o'shanda pley-off bosqichida o'ynamaymiz va Jahon chempionatiga avtomatik ravishda yo'l olamiz. So'nggi 8 yil davomida, ayniqsa, bundan avvalgi saralash bosqichida kuchli tarkib bilan harakat qildik. Bu men o'ynagan eng kuchli avlod edi”, – dedi Jeparov.

Server Jeparov 34 yoshida JCH–2018 musobaqasiga chiqish orqali mamlakat qahramoni bo'lish istagi haqida ham so'zladi.

“G'alaba qozonish nafaqat men uchun, balki O'zbekiston aholisi uchun motivaciya bo'lardi. CHunki mamlakat termasi Jahon chempionatida ishtirok etmagan. 34 yoshimda JCH–2018 turniriga yo'l olib, mamlakat qahramoniga aylanishni xohlardim”, – dedi yarim himoyachi  

Tajribali yarim himoyachi O'zbekiston termasi JCH–2014 turniriga chiqishga juda yaqin kelgani va qo'ldan boy berilgan imkoniyatdan keyin ketish haqida o'ylaganini aytib o'tdi.

“Biz yaxshi o'ynagan edik va JCH–2014 turniriga chiqish uchun bitta gol kamlik qilgandi. Bundan afsusda edik. Janubiy Koreya termasi Eronga mag'lub bo'lganini eshitgach, qo'ldan boy berilgan barcha imkoniyatlardan afsusga tushgandik. Men termadan ketishni va umuman futbol ko'rmaslikni istagandim”, – deb esladi Server Jeparov.

Eron JCH–2018 saralash bosqichida 7 ta o'yin o'tkazib, 5 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etdi. Karlush Keyrush shogirdlari birorta ham o'yinda gol o'tkazib yubormadi. SHunga qaramay, Server Jeparov ertangi o'yin oldidan ijoyib kayfiyatda ekanini aytdi. CHunki O'zbekiston 2012 yili Tehronda Eronni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgandi.

“Istalgan jamoa bilan o'ynay olishimiz bizga ishonch beradi, hatto safar o'yinlarida ham. Biz guruhdagi eng kuchli raqibni mag'lubiyatga uchratish imkoniyatiga ishonamiz va aynan shu narsa bizda ishonch tug'diradi. Raqibni mag'lubiyatga uchratish uchun 100%, hatto 120% kuchimizni berishimiz kerak bo'ladi. Barcha 11 futbolchi bir jamoa bo'lib o'ynashi talab qilinadi”, – deydi o'zbekistonlik yarim himoyachi.

Avvalroq O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix FIFA rasmiy saytiga intervyu bergandi.


TAS-IX emas

Skachat video



Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика