So’nggi yangiliklar

12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  0 12:00Лунин қарор қилди  0 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  3 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  7 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  8 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  4 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  41 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0

Server Jeparov: "O'ynashga to'liq tayyorman" Yangiliklar

Server Jeparov: "O'ynashga to'liq tayyorman"

"Andijon" - "Lokomotiv" uchrashuvida terma jamoamiz yarim himoyachisi Server Jeparov ikkinchi bo'limda maydonga tushdi.

Bir necha yillik tanaffusdan so'ng Jeparov shu kuni oliy ligadagi dastlabki bahsini o'tkazdi. Uchrashuvdan so'ng Jeparov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

-Albatta, safarda uch ochkoni qo'lga kiritish yoqimli, - deb so'zini boshladi Jeparov. – Bugungi bellashuvda tajriba hamda o'yin mahorati evaziga g'alaba qozondik, deb o'ylayman. Maydon egalariga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. O'zimiz yaratgan vaziyatlarning uchtasidan unumli foydalangan holda ishonchli g'alabaga erishdik. Garchi maydonning holati yaxshi o'yin ko'rsatish imkonini bermagan bo'lsa-da, natijaga erisha oldik. Bunday maydonlarda o'ynash doim qiyin bo'ladi.


- Andijonda oxirgi marta o'ynaganingizga ham bir necha yil bo'libdi...
- Ha, 6 yil avval bu erga kelgandim. O'shandan beri qanday o'zgarishlar bo'lgan bo'lishi mumkin. Faqat shuni aniq aytishim mumkin, maydonning holati o'sha-o'sha. Boshqa jihatlarda o'zgarishlar bor. Bilishimcha, bu yil Andijonda yangi jamoa shakllanmoqda. “Andijon”ning keyingi o'yinlariga omad tilayman.

- CHempionat to'g'risida nima deysiz? Uzoq tanaffusdan keyin bugungi birinchi o'yiningizni o'tkazdingiz.
- Nima deyishim mumkin? So'nggi yillarda chempionatimiz bahslari qiziqarli o'tayotganini bilardim. Bu yil ham shunday o'tishiga umid qilaman. Ammo shuni ham aytish kerakki, ko'p joylarda maydonlarning holati hali ham yaxshi emas. SHunga qaramay, sifatli maydonlar ham ko'payib bormoqda. O'ylaymanki, bu yilgi mavsum yanada qiziqarli o'tadi. 



- Jarohat tufayli bungacha ikkita o'yinda tarkibdan chetda qoldingiz. Bugun esa ikkinchi bo'limda maydonga tushirildingiz. Ayni paytda holatingiz qanday?
- Hammasi ortda qoldi va hozir juda yaxshi holatdaman. Umuman olganda, o'ynashga to'liq tayyorman. Bugungi bellashuvda murabbiylar meni ikkinchi taymda tushirishga qaror qilishdi. CHunki bizni tez orada Osiyo CHempionlar ligasida, Eronda qiyin uchrashuv kutib turibdi.


"Andijon" matbuot xizmati

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика