So’nggi yangiliklar

14:18Келажак юлдузлари. The Guardian нашри ўзбекистонлик футболчини 60 нафар энг иқтидорли ўйинчилар рўйхатига киритди  0 13:15Ўзбек клублари ўз тарихида илк бор ЖЧ учун ФИФАдан компенсация олади  5 13:10Футзал. Бугун Кака бошчилигидаги Қозоғистон терма жамоаси Тошкентга келади   2 12:57“Машъал” жамоаси 1111-расмий учрашув остонасида  1 12:50Месси терма жамоа тарихидаги рекордчига айланди  10 12:09Қайси терма жамоалар ЖЧ-2026 иштирокчисига айланиб улгуришди?  4 11:36Марокаш Германия ва Испания ўрнатган жаҳон рекордини янгилади   1 10:52Ван Бастен ван Дейк ҳақида: "У дунёнинг энг яхши ҳимоячиси бўлиши мумкин, лекин етакчи эмас"  4 10:23Пролига. 17-тур ҳакамлари маълум  0 10:10Ўртоқлик учрашуви. Аргентина йирик ҳисобда ғалаба қозонди, Мессидан иккита ассист  9 09:54МЮ 33 ёшли Каземиро билан шартномани узайтириши мумкин, фақат бир шарт билан  0 09:25"Локомотив" стадионига чим ётқизиш ишлари бошланди  4 08:56"Манчестер Сити" Германия терма жамоаси ҳимоячиси учун "Реал" билан курашиши мумкин  0 08:27ЖЧ йўлланмасини қўлга киритган Саудия Арабистони термаси футболчилари катта миқдорда бонус олишади  7 07:58Миср - Ўзбекистон ўртасидаги ўртоқлик учрашувининг санаси маълум  11

Server Jeparov nima uchun Evropada o'ynash nasib qilmaganini tushuntirdi Yangiliklar

Server Jeparov nima uchun Evropada o'ynash nasib qilmaganini tushuntirdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq sardori Server Jeparov "Fint Turaeva" (To'raev finti) podkastida nima uchun bir paytlar Evropaga o'ynamagani haqida gapirib berdi.

- Osiyoning eng yaxshi futbolchisi nomiga ovoz berishda Keysuke Xonda va SHinji Kagava kabi futbolchilarni ortda qoldirgansiz. Ular Evropada juda ko'p va yaxshi saviyada o'ynashdi. Nega sizga u erda o'ynash nasib etmagan? Faoliyatingiz davomida qanday variantlar va takliflarga ega bo'lgansiz?

- "Ayntraxt"dan juda yaxshi taklif tushgan. 2005 yilda ko'rikka borganman va u erda 10 kun bo'lganman. Darvoqe, Asror Aliqulov bilan birga borganmiz. Klubga maqul kelganimni va meni saqlab qolmoqchi ekanliklarini aytishdi. Faqat "Paxtakor" bilan transfer summasini kelishib olishgina qolgan.

Biroq "Paxtakor" bilan besh yillik shartnomam bor edi va bu "Ayntraxt"ga o'tishimga to'sqinlik qilgan. Men klub rahbarlari bilan gaplashdim va ularga aytdim: "Axir, yaxshi taklif tushsa, meni qo'yib yuborishingiz bo'yicha kelishib olgandik". "Paxtakor" shunday javob berdi: "Hali yoshsan, senda Evropaga ketish imkoniyati yana bo'ladi, hozircha sen bizga keraksan, tarkibda o'rningni bosadigan hech kim yo'q". O'shanda men 23 yoshda edim.

Yakunda men ketmadim, boshqa takliflar bo'lsa-da, "Paxtakor"da qoldim. Qurbon Bekievich Berdiev meni "Rubin"ga olib ketmoqchi edi: rahbariyatga qo'ng'iroq qildi, masalani hal qilmoqchi bo'ldi, hatto o'zi ham shu erga keldi. Bu, mening fikrimcha, 2006 yil edi (bir necha yil o'tgach, 2008 va 2009 yillarda "Rubin" Rossiya chempioni bo'ldi – tahririyat). Ammo yana kelishuvga erishib bo'lmadi.

Bir necha marta agentlar bir nechta variantni taklif qilgan. Masalan, Angliyaga, CHempionshipga (Angliyaning ikkinchi divizioni). Biroq o'shanda terma jamoada ko'p ham o'yinlar o'tkazmagandim. Afsuski, men bu qaysi klub ekanligini bilmayman – shunchaki ketishim kerak edi, balki shartnoma imzolagan bo'lardik. 2008 yilda Rossiya jamoalari bilan Turkiyadagi yig'inda yana bir oy o'tkazdik: men "Amkar"ga, Kapadze "Kuban"ga, Nesterov Nalchikning "Spartak" jamoasiga yo'l olgan. "Paxtakor" rahbariyati boshqa jamoalarda o'zimizni sinab ko'rish uchun yuborgandi, lekin bu yana natija bermagan.

Keta olmaganim achinarli, albatta. Agar o'sha paytlarda mening o'rnimda "Paxtakor"da yosh va iqtidorli futbolchi bo'lganida, ular meni almashtirgan, men esa xotirjam Evropaga ketgan bo'lardim. Men klubga qandaydir tarzda pand berib qo'yish yoki jamoaning o'yin tizimini buzishni xohlamagandim. Evropada o'ynashni juda istardim, bu mening orzum edi.

Server Jeparov ishtirokidagi "Fint Turaeva" (To'raev finti) podkastining to'liq versiyasini (rus tilida) quyidagi orqali tomosha qilishingiz mumkin:


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика