So’nggi yangiliklar

00:21"Ғазалкент" "Динамо-2"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:15А Серия. "Наполи" ўн киши бўлиб 90+5 дақиқада гол урган ҳолда "Женоа"ни мағлуб этди  1 23:38Конате “Реал”га ўтадими?  1 22:39Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм”, “Нефтчи”, “Сурхон”, “Бухоро” ва “Қизилқум” Анталияда хориж клублари билан ўйинлар ўтказишди  0 22:12Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  41 22:07АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" рақибларига 3 тадан гол урди, "Астон Вилла" эса яна очко йўқотди  4 21:27Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” “Қайрат” билан дуранг ўйнади  4 21:03Ўртоқлик ўйини. “Локомотив” Чехия жамоаси билан дуранг ўйнади  4 20:30БАА Про лигаси. Ўзбек дербисида Абдуллаев жамоаси Шукуров ўйнаётган "Бани Яс"ни мағлуб этди  0 20:10Футзал бўйича Осиё кубоги финали. Эрон пенальтилар сериясида Индонезияни мағлуб этиб, 14-бор бош совринни қўлга киритди  15 19:26АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  45 18:50Ўртоқлик ўйини. “Ғазалкент” Россия жамоасини мағлуб этди  3 18:34"Челси" форварди "Вильярреал"га ўтиши мумкин  0 18:10"Манчестер Юнайтед" Луис Энрикега мурожаат қилди. Испаниялик ўз жавобини берди  9 16:53"Барселона" Суперлигани тарк этганини эълон қилди. Лойиҳада фақат "Реал" қолди  35

Server Jeparov: Katta ehtimol bilan xorij klublarining biriga o'taman Yangiliklar

Server Jeparov: Katta ehtimol bilan xorij klublarining biriga o'taman

Teglar :  Server Jeparov
Xabar berganimizdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparovning Ulsan Xyundaydagi faoliyati yakuniga etgandi.

Yil boshida Ulsan Xyunday safiga qo'shilgan hamyurtimiz ushbu klub safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 6ta golga mualliflik qildi. Jeparov Koreya K-ligasida 5 mavsum to'p surdi. Umuman olganda, terma jamoamizning vice-sardori legioner sifatida 2010-2011 yillarda Seul, 2011-2013 yillarda Saudiya Arabistonining Al-SHabab, 2013-2014 yillarda Seongnam Ilva CHunma kabi xorij klublarida faoliyat olib borgan. Biz bilan suhbatda Jeparov rejalari bilan o'rtoqlashdi

- Server, "Ulsan" bilan xayrlashi siz uchun kutilmagan holat bo'ldimi?

- ...

- Jamoa bilan shartnomangiz tugayotganmidi?

- Xuddi shunday. Klub bilan mavsum boshida bir yillik shartnomaga imzo chekkan edim.

- Endi rejalar qanday?

- O'zim uchun yangi jamoa izlayman.


- O'zingizga qolsa, Ulsan bilan shartnomani uzaytirishni istarmidingiz?

- Ikki tomon o'zaro kelishgan holda shunday qarorga keldik. Bundan afsusda emasman. Ulsan Xyunday bilan shartnomam 31 dekabr kuni yakunlanadi. SHunday ekan, men hali-hamon Ulsan azosiman. Lekin shunisi aniqki, kelishuv boshqa uzaytirilmaydi.

- Balki O'zbekistonga qaytish fursati kelgandir?

- Men bunday deb o'ylamayman. Umid qilamanki, hali xorij klublarining birida o'ynash imkoniyati yuzaga keladi. Bunga kuch-quvvatim etadi.

- Xorij klublaridan takliflar bo'lyaptimi?

- Hali ozod agentga aylanmadim. SHartnomamning bir kuni qolgunicha ham u kuchda bo'ladi. Lekin takliflarni ko'rib chiqishga tayyorman. Og'zaki qiziqishlar bor. Tez orada qiziqish bildirayotgan klublar nomi oydinlashib qoladi.

- Arab klublari, balki Qozog'iston jamoalaridan takliflar tushar? SHunday bo'lgan taqdirda, ularga qanday munosabatda bo'lasiz?

- Oldin taklif bo'laversin-chi,  ko'rib chiqish qochmaydi. Katta ehtimol bilan yangi mavsumni ham xorij klublarining birida boshlayman.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика