So’nggi yangiliklar

22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:46Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Черно Море". Асосий таркиблар маълум!  15 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  2 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  20 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  5 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  3 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  7

Server Jeparov: "Hech kim bilan shartnoma tuzmadim, takliflarni o'rganishda davom etayapman" Yangiliklar

Server Jeparov: "Hech kim bilan shartnoma tuzmadim, takliflarni o'rganishda davom etayapman"

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori Qozog'istondagi faoliyatini yakunlab yurtimizga qaytgach, uning keyingi faoliyati qanday kechishi muxlislarda qiziqish uyg'otayotgani rost.

Ayni paytda yarimhimoyachi bilan 2019 yilgi mavsumda o'z oldiga jiddiy maqsad qo'yayotgan superliganing bir qator klublari jiddiy qiziqish bildirshayapti. Ular orasida "Metallurg", AGMK, "Navbahor" kabi jamoalarni ko'rishimiz mumkin.

Jeparov keyingi faoliyatini qaysi klubda davom ettiradi? Bu haqda uning o'zi shunday deydi:

- Qozog'istondan qaytgach hordiq chiqardim. Endi yana maydonga qaytishga tayyorman. Kuni kecha Eron jamoasi bilan shartnoma imzolaganim to'g'risida xabar chiqdi. Bu to'g'ri emas. Sababi, "Istiqlol"ni mendan qarzi bor. Bunday vaziyatda men ular tomonidan taklif qilinayotgan yangi shartnomani tabiiyki ko'rib chiqmayman. Jamoa muxlislarini hurmat qilaman, lekin hammamiz professional bo'lishimiz kerak. Eronliklar meni o'z saflarida ko'rishni istalar yuqoridagi muammoni bartaraf etishlari kerak.

- O'zbekistondan Sizga bo'layotgan qiziqishlar haqida axborotlar mavjud...
- Qiziqishlar bo'layapti va men bu yoshda yaxshilab o'ylab qaror qabul qilishim kerak. Faoliyatimni so'nggi yillarini yuqori formada o'tkazishni istayman. SHuning uchun hozirda barcha takliflarni yaxshilab o'ylab chiqayapman. Yakunda bir qarorga kelaman va o'zim hamda oilamga mos bo'lgan taklifni qabul qilaman. Hozircha o'z oldiga maqsad qo'yayotgan klublarni eshitishga tayyorman.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика