So’nggi yangiliklar

23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  1 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  0 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  2 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  4 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  5 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  2 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  55 16:30Ўзбекистон МТЖ қачон йиғин бошлайди?   11

Server Jeparov: Eronning o'zidan uchta taklif bor edi, lekin… Yangiliklar

Server Jeparov: Eronning o'zidan uchta taklif bor edi, lekin…

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori Server Jeparov faoliyatini Qozog'iston chempionatida davom ettiradi.

Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi, 35 yoshli Jeparov Toldiqo'rg'onning «Jetisu» klubi ixtiyoriga etib bordi va o'zining yangi klubi bilan shartnoma imzoladi. «Jetisu» Qozog'is­ton Premer-ligasida 20ta o'yinda 25 ochko to'plab, 12ta klub orasida 6-o'rinni egallab turibdi.

Toldiqo'rg'onliklar 29 iyul kuni o'tkazilgan tur o'yinini safarda o'tkazishlariga qaramay, sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan «Ordabasi» (2:1) klubini mag'lubiyatga uchratishdi.Kuklis va Malakyanning gollariga 67-daqiqada Diakate birgina aniq zarba bilan javob qaytardi.

Server yangi jamoasi safiga kechroq borib qo'shilgani bois, «Ordabasi»ga qarshi bahsda maydonga tushmadi. Xabaringiz bor, Jeparov o'tgan mavsumda Eronning «Istiqlol» klubi sharafini himoya qilgandi. Eron matbuoti Jeparovning ketishiga shunday munosabat bildirdi:

«Istiqlol» o'zbekistonlik 35 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmadi. Natijada, Server Jeparov Qozog'iston klubiga ko'chib o'tdi. «Istiqlol»ga Jeparov kelgach, jamoa ancha o'zgargandi. Endi esa qiynalishi mumkin, chunki OCHLda Jeparov va hujumchi Mame Baba Tiamsiz qolgan jamoaga oson bo'lmaydi».

Eslatib o'tamiz, «Istiqlol» OCHL chorak finalida Qatarning «Al-Sadd» klubiga qarshi bahs olib boradi. Biz «Ordabasi»ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng, Server bilan bog'lanib, undan intervyu oldik.

- Server, bugungi o'yin haqida suhbatlashishdan avval Eron klubini tark etishingiz sabablari haqida so'ramoqchi edim. OCHLda kurashni davom ettirayotgan jamoani mavsum o'rtasida tark etish alamli bo'lsa kerak?

- Transferlar, keldi-ketdilar futbolning ajralmas bo'lagi hisoblanadi. Bundan hech kim xafa bo'lmasligi kerak. Har bir futbolchining o'z maqsad va rejalari bo'lganidek, klublarda ham xuddi shunday istak bor. SHu boisdan ham «Istiqlol» klubi bilan yaxshi kayfiyatda xayrlashdik.

Ha, siz aytgandek, jamoa bilan OCHLning chorak finaliga qadar bo'lgan katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgandik. Bu yo'l hali yakunlangani yo'q, jamoa manzil tomon odimlashda davom etadi. Faqat bu kemadan men va yana bir-ikki jamoadoshlarim tushib qoldik.

Bundan fojea yasamayman. Tehrondan ketishimdan oldin barcha jamoadoshlarimga OCHLning «pley-off» bosqich uchrashuvlarida omad yor bo'lishini tiladim.

- «Istiqlol» bilan shartnomangiz yakunlanganmi?

- Xuddi shunday. Jamoa bilan amaldagi shartnomam yakunlangani bois, klubni tark etdim.

- Eronda qolishni istamadingizmi? «Istiqlol»dan tashqari, boshqa mahalliy klublardan takliflar bo'lmadimi?

- Eronning bir emas, uchta klubidan aniq takliflar bo'ldi. Lekin ularni ko'rib chiqishni istamadim.

- Nima sababdan? Taklif qilingan shartlar maqul kelmadimi?

- Yo'q, unday emas. SHunchaki, Eronda uzoq vaqt qolishni o'zim istamadim.

- «Istiqlol»da o'tkazgan mavsumingizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- SHaxsiy fikrimni bildiradigan bo'lsam, mavsum men va jamoam uchun omadli o'tdi. Eron chempionatida uchinchi o'rinni egallab, bronza medallarini qo'lga kiritdik. Eng muhimi, mamlakat kubogi sohibiga aylandik.

OCHLda chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Bu ham aytishga arzigulik yutuq. Ozmi-ko'pmi gollar kiritdim, jamoadoshlarimni golli uzatmalar bilan taminlab turdim.

- Jamoaning sizdan qarzi yo'qmi? Hisob-kitob ishlari to'liq amalga oshirildimi?

- Afsuski. yo'q. «Istiqlol»ning mendan qarzi bor. Tez orada hisob-kitob qilishga vada berishgan. Umid qilamanki, yaqin kunlarda shartnoma bandlariga ko'ra, maoshlarni to'lab berishadi.

- Nima uchun aynan «Jetisu» klubidan tushgan taklifni qabul qildingiz? Uyga yaqinroq bo'lish uchunmi yoki boshqa sabablari bormi?

- Klub mening xizmatlarimga ehtiyoji borligini malum qildi. Menga ishonch bildirildi. Bu men uchun eng muhim jihat. Qolaversa, qolgan shart­noma shartlari ham maqul keldi. Siz oxirida aytgan omil ham qaysidir manoda rol o'ynadi.

- «Jetisu» bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?

- 2018 yilning oxirigacha.

- Ana endi bugungi o'yin haqida gaplashsak bo'ladi. Uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?

- Murakkab o'yinda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bu uchrashuv ikki jamoa uchun turnir jadvali nuqtai nazaridan ham muhim edi. Agar g'alaba qozonsak, kuchli uchlikka ancha yaqinlab olardik.

Aksincha, mag'lubiyatga uchrasak, bu zonadan yaxshigina uzoqlashardik. Buni hammamiz tushunib turgandik. Murabbiylar ham o'yin oldidan bu haqda aytishgandi.

- Qozog'iston matbuoti toldiqo'r­g'onliklarning mehmondagi g'alabasini kutilmagan natijaga yo'ydi. Bu borada sizning fikringiz qanday?

- Agar jamoalarning shu turgacha egallab turgan o'rinlari nuqtai nazaridan olib qaraganda, o'sha aytilgan sensaciya balki to'g'ridir. Lekin o'yin bo'yicha biz raqibga yutqazmadik. Uchrashuvning boshida kiritilgan tezkor ikki gol ham ishimizni ancha engillashtirdi. Bu g'alaba jamoamizni yana ham ruhlantirishiga ishonaman.

«Jetisu» oldiga sovrinli o'rinlardan birini egallash vazifasi qo'yilgan ekan, har bir uchrashuvga faqat g'alaba ilinjida tayyorgarlik ko'ramiz va shu kayfiyatda maydonga tushamiz.

Manba: "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика