So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  1 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  3 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

Server Jeparov Eronning “Istiqlol” klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi Yangiliklar

Server Jeparov Eronning “Istiqlol” klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov Eronning “Istiqlol” futbol klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

35 yoshli yarim himoyachi  Tehron sharafini himoya qiluvchi “Istiqlol”ning tibbiy ko'rigidan muvaffaqiyatli o'tdi va klub bilan 500 ming AQSH dollariga teng 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

Server Jeparov yangi klubida faol ishtirok etib, samarali natija ko'rsata olsa, mukofot puli ko'rinishidagi qo'shimcha bonuslarga ega bo'ladi.

Eron Pro Ligasi vakili “Istiqlol” 2015/16 yilgi mavsumda chempionatni 3-o'rinda tugatgan edi. Joriy mavsumda  jamoa 16-turdan keyin 25 ochko bilan 16 ta jamoa orasida 5-pog'onani egallab turibdi.

2008 va 2011 yillarda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Server Jeparovning so'nggi klubi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bo'lgandi. U 2016 yilgi mavsumda “temiryo'lchilar”ning barcha musobaqalarida 34 o'yinda maydonga tushib,  8 ta gol kiritdi va “Lokomotiv”ning tarixda ilk bor O'zbekiston chempioni bo'lishiga hamda mamlakat Kubogi sohibiga aylanishiga hissa qo'shdi.


Server Jeparov professional faoliyati davomida quyidagi klublarda to'p surgan:

“Navbahor” - 2000–2001
“Paxtakor” - 2001–2007
“Bunyodkor” - 2007–2010
“Seul” (Janubiy Koreya) - 2010 (ijara)
“Seul” (Janubiy Koreya) - 2011
“Ash-SHabob” (Saudiya Arabistoni) - 2011–2013
“Seongnam” (Janubiy Koreya) - 2013–2014
“Ulsan Xyondai” (Janubiy Koreya) - 2015
"Lokomotiv” Toshkent - 2016

Malumot uchun, Jeparov “Seul” klubi bilan Janubiy Koreya (2010) chempionligi va Kubogi (2010), “Ash-SHabob” (2012) bilan Saudiya Arabistoni chempionligini qo'lga kiritgan. SHuningdek, u Toshkentning uch klubi - “Paxtakor” (2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007), “Bunyodkor” (2008, 2009) va “Lokomotiv” (2016) safida O'zbekiston chempioni bo'lishga erishgan.

O'zbekistonlik yarim himoyachi 2008 yilda O'zbekiston chempionati to'purari, 2008 va 2010 yillarda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика