So’nggi yangiliklar

18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  0 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  4 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10

Server Jeparov: Barcha futbolchilarimiz yaxshi o'yin ko'rsatishdi, deb ayta olmayman Yangiliklar

Server Jeparov: Barcha futbolchilarimiz yaxshi o'yin ko'rsatishdi, deb ayta olmayman

Olimpik – Andijon (0:1) bahsidan keyin mezbonlar murabbiyi Server Jeparov quyidagicha fikr bildirdi.

- O'yin haqida nima deyishim mumkin? Albatta, g'alaba qozonishimiz kerak edi. CHunki ikkinchi taymda raqibga nisbatan yaxshiroq o'yin ko'rsatdik. Birinchi bo'limda nima uchun o'yinimiz qovushmadi? CHunki havo harorati ancha issiq edi. Barcha futbolchilarimiz yaxshi o'yin ko'rsatishdi, deb ayta olmayman. Kimdir yaxshi, kimdir yaxshi o'ynay olmadi. Birinchi taymdan keyin o'yini chiqmayotgan yigitlar bilan jiddiy gaplashib olgandik. Ikkinchi bo'limda esa ular o'yinini kuchaytirdilar. Barcha yigitlarga minnatdorchiligimni bildiraman. Futbolchilar chin yurakdan o'ynab xohlasa, natija ko'rsatish mumkin.

- Timur Mamasiddiqovning holati qanday?

- Timurni anchadan beri jarohati bezovta qilib kelyapti. Tiklanishi uchun vaqt kamlik qilyapti. Menimcha, safga qaytishi uchun yana vaqt talab qilinadi, shekilli. Jarohati bilan o'ynash ancha qiyin. Avvalo sog'ayishi lozim, shundan so'ng maydonda yaxshi o'ynay olishi mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика