So’nggi yangiliklar

02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  1 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  5 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  38 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  6 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0

Sergey Lushchan: "Navbahor" rahbariyati 6 nafar yordamchi olishimga ruxsat bersa qolaman" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Navbahor" rahbariyati 6 nafar yordamchi olishimga ruxsat bersa qolaman"

Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Andijon" (3:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barcha o'yinni ko'rdi, o'ylashimcha natijani hisobga olmasak, muxlislarga bu bahs yoqdi. Hozir kelajak haqida gapirish ortiqcha. Menga o'yin yoqdi. To'g'ri kechirib bo'lmaydigan xatolar bo'ldi. Uchinchi o'rinni oldik, demak shunday", - dedi Sergey Lushchan


- Ikkinchi davrani hisobga olsak "Navbahor" faqat "Nasaf"dan kam ochko to'pladi. Natijadan qoniqdingizmi va keyingi yil uchun rejalaringiz qanday? 

- Hozirgina yigitlarga qilingan ish uchun rahmat aytdim. Mavsum davomida o'yinni o'zgartirish juda qiyin. Klubga kelganimda 2 haftagina vaqtimiz bor edi. Tavakkal qilgandik. Futbolchilarda ham, menda ham maksimal yuklama bo'lgandi. SHunday darajadagi futbolchilar bilan ishlaganimdan xursandman. Ko'p yigitlarning darajada juda yuqori. Keyingi yil haqida nima bo'lishini bilmayman. Rahbariyat bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazdik, o'z shartlarimni bayon qildim. Yosh futbolchilardan yangi jamoa tuzish vazifasi qo'yilgan ekan, murabbiylar shtabi 3 karra kuchaytirilishi kerak. Agar rahbariyat 31 dekabrga qadar murabbiylar shtabiga 6 nafar yordamchi olishimga rozi bo'lsa qolaman. Agar rozi bo'lmasa demak ketaman. 


- Selekciya ishlari qanday davom etmoqda? Qaysi futbolchilar bilan shartnoma uzaytirish bo'yicha ish olib borilmoqda. 

- Selekciya davom etmoqda, buni bosh direktor va sport direktori olib bormoqda. Sababi men klubda qolamanmi yo'qmi bilmayman. Keyingi yil "Navbahor"ga namanganlik futbolchilarni olib kelishmoqchi. Tarkibdagi etakchilarning shartnomasi tugamoqda va menimcha ularning barchasi ketmoqda. O'ylashimcha barcha etakchilar ketadi. Bu futbol. Etakchilar yosh emas, yana 5-6 yil futbol o'ynashlari mumkin. Agar ularga ikki baravar ko'p oylik taklif qilishsa buni to'g'ri tushunish kerak. Bu hayot. 


- Agar poydevor bo'lmasa uy qulab tushadi. Klubda yaxshi maktab bo'lishi kerak. Akademiyaga katta moliya kiritish kerak, kuchli murabbiylar kerak. Ko'p narsa yosh futbolchilarga emas kuchli murabbiylarga bog'liq. Kuchsiz murabbiylarga javob berish va kuchlirog'ini olib kelish kerak. "Bunyodkor"da ishlaganimizda shunday qilgandik. 


- 6 nafar yordamchi murabbiy kerak dedingiz. Ular mahalliy murabbiylarmi? 

- Ulardan ikki nafari men bilan 2 yil birga ishlagan. Ularga nimadir o'rgatishim shart emas. Hozirgi shtabda ham yaxshi murabbiylar bor, ammo yangi jamoa qurmoqchi ekanmiz yordamchilarim men xohlayotgan narsani so'zsiz tushunishi kerak. Namanganda U-19, U-21 jamoalariga ham urg'u qaratish shart. Hozir bu erda faqat asosiy jamoa bor va bo'ldi. Qolgan jamoalar o'zi bilganicha ishlamoqda.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика