Sergey Lushan: "O'ylagan rejalarimizni amalga oshira oldik"
16 apr 2016 21:26
Yangiliklar
Sergey Lushan: "O'ylagan rejalarimizni amalga oshira oldik"
Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Olmaliq" (4:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etdi.
- Yaxshi o'yin bo'ldi. Bugun rejalarimizni amalga oshira oldik. Vaziyatlardan foydalangandik va gol urdik. Muhimi shu. Hozir xatolar haqida gapirishga erta, deb o'ylayman. Legionerlarimizning o'yini balki keyinroq “ochilib” ketar?
Bugun gol o'tkazdik? Biz har doim o'z ananalarimizni buzib kelamiz. Asosiysi, bugun g'alaba qozondik. Muhimi shu. Biz har doim o'yinlarimizni jiddiy tahlil qilamiz. Gollar qo'pol xatolar tufayli darvozamizdan joy oldik. Kerak bo'lmagan vaziyatlardan gol o'tkazdik.
Bizni CHempionlar Ligasidagi muhim o'yin kutib turibdi. O'ylaymanki, klubning tibbiyot markazi futbolchilarni o'yinga jismoniy tarafdan to'liq tayyorlay oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar