Sergey Lushan - "Neftchi"dan "Neftchi"gacha
23 sen 2015 11:25
Yangiliklar
Sergey Lushan - "Neftchi"dan "Neftchi"gacha
Bugun Toshkentning "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Sergey Lushan istefoga chiqarildi.
Sergey Ivanovich 2014 yil 3 iyun sanasida jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangandi. 5 iyunda "qaldirg'ochlar" Lushan qo'l ostidagi ilk o'yinni Toshkentda Farg'onaning "Neftchi" klubiga qarshi o'tkazib 1:1 hisobini qayd etgandi. 2014 yilda jamoa Lushan boshchiligida jami 16ta o'yin o'tkazib 9ta g'alaba, 3ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etgandi.
Bu yil 22ta uchrashuvda "Bunyodkor" 14ta g'alaba, 2ta durang hamda 6ta mag'lubiyat qayd etdi.
Eng qizig'i Lushanning dastlabki o'yini ham, so'nggi o'yini ham aynan "Neftchi" bilan bo'ldi. O'tgan turda jamoa Farg'onada "Neftchi"ga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

2014 yil "Bunyodkor" - "Neftchi" 1:1

2015 yil "Neftchi" - "Bunyodkor" 2:0
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar