So’nggi yangiliklar

15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  0 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  2 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  1 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  8 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  3 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  1 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  6 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  5 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  6

Sergey Lushan: "Natija adolatli" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Natija adolatli"

"Bunyodkor" - "Al Nasr" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Sergey Lushan qatnashdi.

"Haqli tarzda mag'lub bo'ldik. O'ylagan rejalarimiz amalga oshgani yo'q. Zuagi bugun tushda maydonga tusha olmasligi malum bo'ldi. Bulyat 4 oy deganda ilk bor maydonga tushdi. Alempievich o'z saviyasidan pastroq o'ynadi. SHukurov esa hali yosh", - deydi Sergey Lushan.

- Jamoa faqat Zuagiga bog'lanib qolganmi?

- Yo'q. Boshqa futbolchilar o'ynay olmaydi degani emas. SHunchaki biz barcha rejani Zuagi maydonga tushishi bilan bog'lab tuzgandik. Tushda uning tobi qochib qoldi. SHu bois tarkibda tezkor o'zgarishlar qildik. 

- Anvar G'ofurovning holati Bulyatning holatidan yomonroqmi?

- G'ofurov tajribali futbolchi, ammo u ham yaqinda jarohatidan qutuldi. SHu bois Bulyatni tavakkal qilib maydonga tushirdim. To'g'ri u yaxshi o'ynay olmadi deya olmayman, ammo shu bilan birga umuman yomon o'ynadi deya olmayman. Sato va Hamdamov ham bugun maydonga tusha olmasliklari mumkin edi. SHifokorlar yordami bilan ular maydonga tushishdi.

- Akmal SHorahmedovni nima uchun sardor qilib tayinlagansiz?

- Sardorni men yoki rahbariyat emas jamoa tanlagan. Men bunga aralasha olmayman. Unga raqobatchi sifatida Ahmadaliev o'sib kelmoqda. Bugun SHorahmedovga katta etirozim yo'q. Bugun barcha yigitlar yaxshi o'ynay olishmadi. 

- Nurmatovni asosiy tarkibda tushirdingiz. Undan kutilgan o'yinni ko'rsata olmayapti. SHu bois maydonga tushib o'yinni kuchaytirgan O'rinboevni asosiyda tushirsa bo'lmasmidi?

- Bilasiz Nurmatov "Metallurg"da o'ynagan. Bunday saviyada o'ynamagan. Uning maydonga tushishining birgina sababi O'rinboevning kichik jarohati. Bugun tongda murabbiylar shtabi shokka tushib qoldi. SHifokorlar o'yinchilarning holati va jarohatlar haqida malumot berishganida, shoshib qoldik. Mirabdullaev ham juda keraksiz vaziyatda jarohat oldi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика