Sergey Lushan: "Nasaf"ga qarshi o'yin qiziq bo'ladi deb o'ylayman"
16 sen 2015 20:19
Yangiliklar
Sergey Lushan: "Nasaf"ga qarshi o'yin qiziq bo'ladi deb o'ylayman"
"Navbatdagi qiyin o'yin. G'alabadan xursandmiz. Natijadan qoniqdim. Gol kiritganimizdan so'ng boshqacha o'ynay boshladik. SHuningdek, raqiblar sardori ham jarohat oldi. Unga sog'liq tilayman. Umuman, bugun "Paxtakor"ga qiyin bo'ldi.
Oktyabr oyida ikki haftalik yig'in o'tkazmoqchimiz. Qanday bo'lishidan qatiy nazar, kuchli futbolchilar maydonga tushadilar.
"Nasaf" haqida fikrlarim? Ro'ziqulni anchadan beri bilaman. Tartibli, kuchli murabbiy. "Nasaf" birinchi yil etakchilar qatorida yurmayapti. Ularni doimo etakchi hisoblab kelganman. Ular o'tgan yili ham chempion bo'lishlari mumkin edi. O'ylaymanki, ularga qarshi o'yin qiziqarli bo'ladi.
Final bo'lib o'tadigan stadionni farqi yo'q. Federaciya qanday qaror qabul qilsa o'sha erda bo'ladi. Bizga farqi yo'q.
Biz reja bo'yicha o'ynadik. Asosiysi, kerakli hisob qo'lga kiritildi. Bugun raqibda yaxshigina imkoniyatlar bo'lgandi. Bahtimizga, ulardan foydalana olishmadi. Balki, muxlislar uchun zerikarli o'yin bo'lgandir.
Kelishib olgandik? Kim kim bilan, lekin "Paxtakor" bilan "Bunyodkor"ning kelishuvi bo'lmaydi (kuladi)", deb o'z fikrlariga yakun yasadi Lushan.
Aziz To'xtamurodov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar