Sergey Lushan: "Mag'lub bo'lish hech kimga yoqmaydi"
31 mar 2019 22:33
Yangiliklar


Sergey Lushan: "Mag'lub bo'lish hech kimga yoqmaydi"
“Nasaf” – “So'g'diyona” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Sergey Lushan quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Birinchi galda “Nasaf” jamoasini ajoyib o'yin va chiroyli g'alaba bilan tabriklayman. Mag'lub bo'lish kishiga hech ham yoqmaydi, albatta. Ayniqsa, bunday hisobda mag'lub bo'lish hafsalani pir qiladi. Bugungi o'yin uchun ishlab chiqqan rejalarimiz bugun bizga qo'l kelmadi. Hali chempionatning asosiy qismi oldinda. Bugungi o'yinda yo'l qo'ygan xatolarimizdan to'g'ri xulosa chiqarishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar