So’nggi yangiliklar

22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  3 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  1 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  99 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  15 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  23 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  6 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0

Sergey Lushan: "Lokomotiv"ga ham "Obod"ga ham bir xil tayyorgarlik ko'ramiz" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Lokomotiv"ga ham "Obod"ga ham bir xil tayyorgarlik ko'ramiz"

Oliy liganing 21-turida "Bunyodkor" jamoasi "Obod"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Qaldirg'ochlar" ustozi Sergey Lushan qatnashdi.

"G'alaba qozondik, men uchrashuvdan qoniqish hosil qildim. O'yindan to'liq zavq olmagan bo'lsakda, muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik", - deydi Lushan.

- O'yindan qoniqish hosil qilmaganingiz sababi?

- So'nggi daqiqagacha o'ynay olishimizni ko'rsatishimiz kerak. Tezkor goldan keyin o'yinni qo'yib yuborish bo'lyapti. Bunda bizni ham aybimiz bor, balki futbolchilarni psixologik jihatdan tayyorlay olmayotgandirmiz.

- Siz uchun autsayderga qarshi jamoani tayyorlash qanchalik qiyin?
- "Lokomotiv"ga ham "Obod"ga ham bir xil tayyorgarlik ko'ramiz. Yo'qotgan ochkolarimizni ko'rsangiz o'rtamiyona klublar.

- Hamdamovni o'yini chiqmadi!?

- U so'nggi ikki yarim haftani MTJ ixtiyorida o'tkazdi. Afsuski, maydonga tushmaganligi pand berdi. Lekin to'g'ri aytasiz, o'tgan yilgi o'yinini yo'qotib qo'ygandek.

- Ahmadaliev va Qodirqulovni bu yil ijaradan qaytarib oldingizlar, ammo ularni bu yil asosiy tarkibda ko'rmayapmiz?

- Ahmadaliev SHorahmedovning o'rinbosari. Hozir Akmal yaxshi formada. Bunday paytda uni almashtirishga ehtiyoj yo'q. Undan tashqari, o'rinbosarlar safida bizda hozir Karpenko va Karimov o'ynovchi murabbiy sifatida to'p tepyaptilar. Buni ularga foydasi katta.

- Sizlar faqat "Neftchi"ga mag'lubiyatga uchradingizlar. "Neftchi" esa so'nggi turlarda ko'plab ochkolarni yo'qotyapti. SHu haqda o'ylaysizmi?
- Yo'q. Yutqazdik, yutqazdik. O'tdi ketdi. Oldimizda muhim o'yinlar bor. Kubok bor. SHu o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak. Bugun "Obod" bilan o'yinni unutamiz va "Paxtakor"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика