So’nggi yangiliklar

21:56ЕЧЛ. "Галатасарой" – "Ювентус". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 21:55ОКМК назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  0 21:30"Бухоро" Россия клуби билан дуранг ўйнади  0 21:06Каннаваро: "ВАР протоколини ҳозироқ ўзгартириш лозим - хатолар чемпионат натижаларига таъсир кўрсатиши мумкин"  2 20:32Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"  35 19:57"Арсенал" "Атлетико" ҳужумчиси учун 120 млн евро таклиф қилган, аммо рад жавобини олган  1 19:35Кевин Де Брюйненинг эҳтимолий қайтиш санаси айтилди  0 19:09"Барселона" — Ла Лигада пенальтидан гол ура олмаслик бўйича пешқадам  5 18:41Тотти "Рома" билан музокаралар олиб бормоқда  0 18:14Абдуқодир Ҳусанов — ЕЧЛнинг энг тезкор футболчиси!  20 17:53Гватемала Россия терма жамоасига қарши ўйнамайди  2 17:27"Аякс" Зинченконинг жароҳати бўйича баёнот берди  0 16:59"Манчестер Юнайтед" "Ливерпуль" юлдузини сафига оғдириб олишга тайёр  2 16:33Деку "Барселона" Бундеслига юлдузларидан бирига қизиқиши билдирганини тасдиқлади  10 16:05"Нефтчи" "Иртиш" устидан ғалабага эришди  17

Sergey Lushan: “Bizning zaxiramiz juda nochor” Yangiliklar

Sergey Lushan: “Bizning zaxiramiz juda nochor”

“Nasaf” – “So'g'diyona” (1:2) uchrashuvi yakuniga etgach, o'yin yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanining dastlabki qismida “So'g'diyona” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Luchshan va jamoa yarim himoyachisi Doniyor Hasanovlar ishtirok etishdi.

Sergey Lushan: - Biz bugun O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri – “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchratdik. “Nasaf” bilan o'ynash hamisha qiyin, bunga “Bunyodkor” klubida ishlagan paytim ham guvohi bo'lganman. Lekin men bugungi g'alabadan xursandman, o'yinimiz borgan sari mazmun kasb etmoqda. Biz shunday davom etamiz.

Bizning zaxiramiz juda nochor, bugun ham yoshlar tarkibida to'p suradigan futbolchilarimizdan foydalanishga majbur bo'ldik. Bu yosh futbolchilarimiz o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishayapti. Kelgusida tarkbimizni yana to'ldirish rejamiz bor. Asosiy etibor mahalliy futbolchilarga qaratiladi. Agar “Nasaf” klubi bilan kelishuvga erishsak, Sanjar Rashidovni jamoaga qaytarmoqchimiz. Albatta, bu futbolchi bilan “Nasaf” klubi o'rtasidagi shartnoma o'zaro kelishuvga asosan bekor qilinsa. Bu futbolchi transferga ruxsat berilgunga qadar biz bilan mashg'ulotlarda qatnashib turadi.

Bungacha  bizning ayrim yosh o'yinchilarimiz, “Nasaf”ning etakchi o'yinchilarini faqat teleekran orqali ko'rishgan. Bunday tajribali futbolchilarga boy jamoaga qarshi o'yinda, futbolchilarda hayajon ham charchoq ham bo'ladi. Bugun ko'pchilikka bizning futbolchilarimiz vaqtni cho'zgandek ko'ringandir. Ammo takror aytaman, “Nasaf”dek jamoaga qarshi o'ynash oson emas. Qolaversa, biz hozir kuchaytirilgan tarzda mashg'ulotlar o'tkazayapmiz. Avval bunday mashg'ulotlar jamoamizda bo'lmagan. Agar bugun “Nasaf” hisobda oldinda borganda edi, biz ham aytgan bo'lardik, vaqtni cho'zishayapti deb. Futbolchilarimiz qo'ldan kelgancha o'ynashdi, shaxsan menda ularga nisbatan hech qanday etiroz yo'q.

Maqsadimiz, Superligada jon saqlash. Ammo kuchli oltilikka kirishga ham harakat qilib ko'ramiz.  


Doniyor Hasanov: - Avvalom bor assalomu alaykum. Bugungi g'alabamizga asosiy sabab, murabbiymizning tanlagan taktikalari bo'ldi. Biz murabbiyimizning ko'rsatmalarini to'liq bajarishga harakat qildik. Bizni bugun Jizzaxdan kelib, qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga ham rahmat aytaman.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика