Sergey Lushan Belarus klubi bosh murabbiyiga aylandi
27 dek 2022 11:48
Yangiliklar


Sergey Lushan Belarus klubi bosh murabbiyiga aylandi
Belarus Birinchi ligasi vakili Petrikovning "SHaxtyor" klubi Sergey Lushanni murabbiy etib tayinladi.
Football.by xabariga ko'ra, Lushan "SHaxtyor" Soligorsk farm-klubi Petrikovning "SHaxtyor" jamoasini boshqaradi. 49 yoshli mutaxassis kuzdan beri "SHaxtyor" Soligorskning U-18 jamoasiga ustozlik qilib kelayotgandi.
Lushan bosh murabbiy lavozimida Stanislav Suvorovni almashtiradi.
Malumot o'rnida, Lushan shu paytgacha O'zbekiston U-19 termasi, "Bunyodkor", "So'g'diyona" va "Dinamo"ga ustozlik qilgan. 2021 yilning bahorida "SHaxtyor" Soligorsk bolalar va o'smirlar sport maktabida ish boshlagandi. Yaqin vaqtgacha esa jamoa boshlig'i Mixail Smirnovning o'rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar