

"Yaxshi o'yin kutayapman. Raqib juda tartibli jamoa. Eron futboli doim tartibga asoslangan. Raqibni o'rganib chiqqanda kuchsiz tomonlari kam ekanini ko'rdik", - deydi Lushan.
"Ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz. Eronda asosan himoyaviy futbol o'ynashadi. Ertaga nasib qilsa muxlislarni xursand qilamiz", - deydi Bahodir Nasimov.
- "Bunyodkor"ning OCHLdagi yurishi o'tgan yilgidek bo'lmayaptimi? Bu sizni havotirga solmayaptimi?
- Yo'q. Biz oldinga intilayapmiz. Ertangi bahs qanday bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Barchasi maydonda hal bo'ladi, men futbolchilarimga ishonaman. Umid qilamanki g'alabaga erishamiz.
- Jamoa o'z maydonidagi oxirgi 4ta o'yinda 0:1 hisobida yutqazdi. Bunga izoh bormi?
- Bazida 3ta gol urib yuta olmaymiz, bazida 1ta gol o'tkazamiz va mag'lub bo'lamiz. Bu futbol unda barcha narsa bo'lishi mumkin.
- Himoyaviy o'yin ustida ishlandimi?
- "Zob Ahan" safida har bir futbolchi o'z ishini 100 foizga bajarishga harakat qiladi. Ertaga raqib qarshi hujumda o'ynaydi.
- Mashg'ulotlarda qaysidir futbolchilar qolib o'z ustilarida ishlashadimi?
- Albatta, ko'pincha yoshlar ko'p ishlashadi. Mashg'ulotlar etarli darajada o'tkaziladi.
- Siz Eronda o'ynagansiz. "Zob Ahan" haqida qanday ma'lumotlaringiz bor?
Bahodir Nasimov: - Jamoa safiga sobiq klubim "Padideh"dan ikki futbolchi qo'shildi. Eronda asosan 11 nafar futbolchi hujumda va 11 nafar himoyada o'ynaydi. Ertaga g'alaba uchun harakat qilamiz.
Narzulla Saydullaev



