Sergey Lebedev: "Raqibning farqi yo'q, faqatgina g'alaba uchun o'ynaymiz"
12 apr 2025 19:48
Yangiliklar
Sergey Lebedev: "Raqibning farqi yo'q, faqatgina g'alaba uchun o'ynaymiz"
- Barcha ko'rdi, bugun zo'r o'yin bo'ldi. Bugun 10 kishi bo'lib oxirigacha kurashgan yigitlarga rahmat aytaman: sinib qolishmadi, agarda vaziyatdan gol ura olishganida hisob boshqacha bo'lgan bo'lardi. Shuningdek, bugun stadionga kelib, bizga muxlislik qilgan muxlislarga ham minnatdorlik bildiraman. Keyingi o'yinda bizda yaxshi natija bo'lishini tilab qolaman.
- Qizil kartochka haqida fikringiz.
- Bu futbol. Hissiyotlar doimo jo'sh uradi. Futbolning hayoti shunday. Birinchi, keyin ikkinchi sariq kartochkadan keyin himoyalanish ham qiyin bo'lib qoladi. Keyin rejalarni o'zgartirdik. Albatta, ikkinchi bo'lim uchun rejalarimiz boshqacha edi. Bugun shunday bo'ldi, ertaga esa boshqacharoq bo'lishi mumkin.
Muxlislarga rahmat aytaman. Ular har bir o'yinimizda kelib, bizni qo'llab turishlarini so'rab qolaman.
- "Lokomotiv" bilan o'yin qiyin bo'lishini kutgandik. Oldinda bizni "Navbahor", "Neftchi" kabi jamoalarga qarshi tayyorgarlik qanday bo'ladi?
- Bizda vazifa oddiy: maydonga chiqish va g'alaba qozonish. Bu erda raqib Superliga jamoasi bo'ladimi yoki birinchi, farqi yo'q. Maydonga faqatgina g'alaba uchun tushamiz. Bizga "Navbahor", "Neftchi" yoki "Paxtakor" bo'lsa ham farqi yo'q, g'alaba uchun o'ynaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar