Sergey Kucherenko: "Nasaf" har qanday finalni va xalqaro uchrashuvni qabul qilishga tayyor"
16 mar 2021 11:32
Yangiliklar
Sergey Kucherenko: "Nasaf" har qanday finalni va xalqaro uchrashuvni qabul qilishga tayyor"
Ular orasida Qarshining "Nasaf" klubi yo'qligi ko'pchilikni ajablantirdi. SHu masalada klub bosh menejeri Sergey Kucherenkoga qo'ng'iroq qildik.
- PFL 2021 yilgi mamlakat kubogi finalini qabul qilishni istagan klublar ro'yxatini elon qildi. Ular orasida "Nasaf" yo'q. Bunga qanday munosabat bildirasiz?
- Bilasizmi "Nasaf" har qanday finalni va xalqaro uchrashuvni qabul qilishga doim tayyor. Bizning infratuzilmamizdan barchangiz xabardorsiz. Bir necha yillar davomida ushbu stadionda Osiyo chempionlar ligasi o'yinlari o'tkazib kelingan.
- Unday holda nega ro'yxatda "Nasaf" yo'q?
- Texnik direktorimiz ayni paytda Toshkentda va u PFL vakillari bilan bu borada og'zaki gaplashgan. Biroq PFL rasmiy xat so'ragan. Xat texnik direktorimizga etib bordi va bugun PFLga etkazadi.
- Biroq ariza qabul qilish 14 mart kuni tugagan ekan...
- Umid qilamanki PFL bizga imkoniyat beradi.
Narzulla suhbatlashdi
2021 yilgi O'zbekiston Kubogi finalini qabul qilish uchun 5ta klub ariza yubordi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar