So’nggi yangiliklar

22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  7 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  6 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2

Sergey Kovshov: "Ertaga jangovor o'yin bo'ladi" Yangiliklar

Sergey Kovshov: "Ertaga jangovor o'yin bo'ladi"

O'zbekiston kubogi, chorak finali doirasidagi “Buxoro” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi o'yindan oldin Qo'qonliklar katta murabbiyi Sergey Kovshov fikrlarini quyidagicha bayon qildi.

- Hozirgi kunda chempionat va kubok o'yinlari biz uchun bir xil ahamiyatga ega. Biz xoh kubok o'yini bo'lsin, xoh chempionat o'yini bo'lsin faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Dastlabki o'yindagi 1:1 hisobi shundan darak beradiki birinchi o'yin juda shiddatli o'tgan. Gollar ham, sariq va qizil kartochkalar ham bo'ldi. Ertaga ham juda shiddatli o'yin bo'lishini taxmin qilyapman.

Davralar oralig'ida juda foydali yig'inni o'tkazdik. Hozirgi kunda tarkibimizdagi futbolchilarning jismoniy holatlari yuqori darajada. Tarkibimizda bir qator o'zgarishlar ro'y berdi. Taktik jihatdan ham o'yinimizda o'zgarishlar bo'ladi. Ertaga ikkala jamoada ham imkoniyat bir xil deb o'ylayman. "Buxoro" kuchli jamoa, buni ularning turnir jadvalidagi o'rni ham ko'rsatib turibdi. Lekin biz ham Buxoroga sayohat uchun kelmaganmiz. Jangovor o'yin bo'ladi", – deydi Sergey Kovshov.


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика